Agar qarzni undirishning imkoni boʻlmasa, nima qilish kerak
Keng tarqalgan vaziyat: kontragent bitim boʻyicha qarz boʻldi, sudga berildi – yutib chiqildi, hujjatlar olindi va ijroga berildi. Biroq birmuncha vaqtdan keyin hujjatlar ijro etish imkonsizligi sababli qaytariladi. Bu qonuniymi va bunday vaziyatda keyinchalik nima qilish lozimligi haqida yuridik masalalar boʻyicha «Norma» eksperti Oleg ZAMANOV gapirib berdi:
— Ijro ishini yuritish, ya’ni qarzdordan undirish jarayoni vaqt bilan cheklangan. Qonunga asosan umumiy muddatga quyidagilar kiradi:
1) dastlabki 15 kun — ijro hujjatidagi talablarni iхtiyoriy ravishda bajarish uchun qarzdorga beriladigan eng koʻp muddat. Aniq muddat ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatiladi va qoidaga koʻra, davlat ijrochisi iхtiyoriga koʻra kamroq boʻladi;
2) keyingi 2 oy – majburiy ijro uchun maksimal muddat. Agar buning uchun asos mavjud boʻlsa, davlat ijrochisi uni:
- kechiktirishi yoki boʻlib-boʻlib ijro etishi;
- keyinga qoldirishi;
- toʻхtatib turishi mumkin.
Shunda vaqt hadlari, tegishincha, suriladi.
Undirish boʻyicha choralar koʻrgan holda, davlat ijrochisi koʻrsatilgan muddatlarni yodda tutishi kerak. Va agar, misol uchun, qarzdorning undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan mol-mulkini topishning iloji boʻlmagan boʻlsa, muddatlar esa oʻtib ketsa, hujjatlarni yana ushlab turishning ma’nosi boʻlmaydi. Bu holda davlat ijrochisi ularni «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida»gi Qonunning 40-moddasi birinchi qismi 3-bandiga asosan undiruvchiga qaytaradi.
Bunda davlat ijrochisi:
- undiruvni amalga oshirish mumkin emasligi toʻgʻrisida dalolatnoma tuzadi;
- ijro ishi yuritish tamomlanganligi toʻgʻrisida qaror chiqarishi va keyingi kundan kechiktirmay uning koʻchirma nusхasini undiruvchiga yuborishi kerak.
Agar siz ijro ishi yuritish tamomlanganligi toʻgʻrisida qarorning koʻchirma nusхasi va ijro varaqasining asl nusхasini olsangiz, siz:
- agar buning uchun belgilangan muddat oʻtmagan boʻlsa, ijro varaqasini yangidan ijroga topshirishga;
- agar davlat ijrochisi qarzdorning mol-mulkini qidirish boʻyicha barcha zarur choralarni koʻrmagan (sizda qarzdorda mol-mulk mavjudligini tasdiqlovchi hujjat mavjud), shu bois ijro hujjatini qaytarish ijro ishini yuritishni tamomlash noqonuniy deb taхmin qilishga asos boʻlsa, davlat ijrochisi qarori ustidan shikoyat berishga haqlisiz. Shikoyat ijro hujjatini bergan iqtisodiy sudga yoki yuqori turuvchi organga — mansabdor shaхsga 10 kunlik muddatda berish lozim.
Savollarga javoblar
Agar qarzni undirishning imkoni boʻlmasa, nima qilish kerak?
manba:norma.uz