Agar хodima haq toʻlanadigan dekret ta’tilini toʻхtatsa, ish haqi toʻliq hajmda toʻlanadimi

Agar хodima haq toʻlanadigan dekret ta’tilini toʻхtatsa, ish haqi toʻliq hajmda toʻlanadimi

agar d185odima haq tocabblanadigan dekret tatilini tocabbd185tatsa ish haqi tocabbliq hajmda tocabblanadimi 660b89f0c0963“Xodima homiladorlik muddatining 30-haftasida mehnatga layoqatsizlik varaqasini taqdim etgan holda dekretga chiqdi. Ish beruvchi unga haq toʻladi. Biroq bola tugʻish chogʻida nobud boʻldi, ayol dekret tugashidan oldin ishga chiqish istagini bildirdi. Bunday vaziyatda ish beruvchi qanday yoʻl tutishi lozim? U хodimaga “kasallik varaqasi” uchun toʻliq miqdorda haq toʻladi, endi esa ish haqi toʻlashi kerak, sababi хodima oʻz mehnat vazifalarini bajarishga kirishdi”.

 

Mazkur vaziyat yuzasidan buxgalter.uz iltimosiga binoan “Norma”ning mehnat huquqi boʻyicha eksperti Lenara XIKMATOVA va «Profi Training» biznes-murabbiyi, moliyaviy direktori Yuliya PAKIDIShEVA (ACCA DipIFR, CAP) oʻz fikri bilan oʻrtoqlashishdi:

 

Ish beruvchini “kasallik varaqasi” mavjud boʻlgan taqdirda ishga qoʻyganligi uchun jazolashlari mumkin

 

Lenara XIKMATOVA:

 – “Kasallik varaqasi” shu bois ham mehnatga layoqatsizlik varaqasi deyiladi, sababi хodim muayyan vaqt sogʻligʻining holati boʻyicha ishlolmaydi (mazkur holda – yaqinda boʻlgan tugʻruq munosabati bilan) va tegishincha – ish haqi ololmaydi. Nafaqa esa aynan bunday davrda хodimani moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun moʻljallangan. Buning ustiga ish beruvchi shuni nazarda tutishi joizki, ayolning tugʻruqdan keyin darhol mehnatga layoqatsizlik varaqasida belgilangan tiklash davrisiz ishda boʻlishi, uning sogʻligʻining yomonlashishiga olib kelishi mumkin.

 

Shu bois oʻylaymanki, ish beruvchi хodimaning homiladorlik va tugʻish ta’tilidan ishga muddatidan oldin chiqish toʻgʻrisidagi iltimosini qanoatlantirmasligi va hatto u tegishli ariza taqdim etgan taqdirda ham “kasallik ta’tili” tugagunga qadar ishga  qoʻymasligi kerak”.

 

E’tibor bering! Mehnatga layoqatsizlik varaqasi mavjud boʻlgan taqdirda ishga qoʻyganlik uchun kompaniya rahbarini mehnat va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish uchun MJTKning 49-moddasiga binoan mamuriy javobgarlikka tortishlari mumkin.

 

Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.

 

Savollarga javoblar
Agar хodima haq toʻlanadigan dekret ta’tilini toʻхtatsa, ish haqi toʻliq hajmda toʻlanadimi

manba:norma.uz