AGADIR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AGADIR haqida malumot bilib oling.

AGADIR — Marokashdagi shahar, Atlantika okeani sohilidagi port. Agadir provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 700 ming kishidan ortiq. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Baliq konserva va sement i. ch. va b. korxonalari bor. Dengiz boʻyi turizmi va istirohat markazi. Shaharga 16-a. da asos solingan. Agadir 1911-y. gi xalqaro nizo — Marokashda Germaniya bilan Fransiyaning raqobati tufayli kelib chiqqan voqealar bilan mashhur. 1960-y. zilzilada shahar qattiq shikastlangan.

Ensiklopediya.uz
AGADIR