AGA BURYATLARI MUXTOR OKRUGI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AGA BURYATLARI MUXTOR OKRUGI haqida malumot bilib oling.

AGA BURYATLARI MUXTOR OKRUGI — RFning Chita viloyati tarkibidagi muxtor okrug. 1937-y. 26 sent. da tashkil etilgan. Mayd. 19 ming km2. Aholisi 79 ming kishi (1993). Okrug tarkibida 3 maʼmuriy tuman, 4 shaharcha bor. Maʼmuriy markazi — Aginskoye shaharchasi.

Tabiati. A. B. m. o. Sharqiy Baykalortining jan. da. Jan.-gʻarbdan shim.sharqqa parallel holda Cherskiy, Dauriya, Mogoytuy (okrugning eng baland nuqtasi — Alxanay choʻqqisi, 1663 m) tizmalari choʻzilgan. Jan. da 700 — 800 m balandlikdagi Onon boʻyi tekisligi bor. Iqlimi keskin kontinental, moʻtadil. Yoz issiq, iyulninig oʻrtacha t-rasi gʻarbda 16°, jan.-sharqda 18°. Qish sovuq, bulutsiz kunlar koʻp, qor kam, yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 22° dan — 24ʻ gacha. Yiliga jan.sharqda 300 mm lan gʻarbda 400 mm gacha yogin yogʻadi. Bahor va yozning boshlarida yogʻingarchilik boʻlmaydi. Qor qoplami 3 — 6 sm. Vegetatsiya davri gʻarbida 90 kundan 150 kungacha. Daryolari kamsuv. Okrugning jan. va sharqiy chegarasidan Onon daryosi, oʻzidan esa Ononning Ileya va Aga irmoqlari oqib oʻtadi. Jan. da kichik koʻllar bor. Gʻarbidagi togʻlarda podzollashgan va kulrang tuproqlar, tekisliklarda karbonatli kashtan va qoratuproqlar tarqalgan. Pasttekisliklarda dasht oʻsimliklari oʻsadi. Okrug hudining 30% oʻrmon.

Aholisi. A. B. m. o. ning asosiy aholisi buryatlar va ruslar; shuningdek ukrainlar, tatarlar va 6. yashaydi. Shahar aholisi 33%. Aholisining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 4,2 kishi.

Xoʻjaligida q. x. muhim rol oʻynaydi. Okrug hududining 2Gʻ5 qismi dasht yaylovlari va pichanzorlardan iborat. Q. x. da mayin junli yaylov qoʻychiligi, goʻsht-sut chorvachiligi, yilqichilik (okrugning jan.-sharqida) rivojlangan. Gʻalla ekinlaridan bugʻdoy, suli, arpa va yem-xashak ekinlari ekiladi.

Sanoati asosan mahalliy q. x. mahsulotlarini qayta ishlaydi. Oryol kon-boyitish k-ti va Aginskoye yogʻ z-di bor. Oʻrmon sanoati Ara, Ilya, Duldurga, Aginskoyeda rivojlangan.

Okrugning sharqiy qismini t. y. kesib oʻtgan. Argaley, Aginskoye, Mogoy-tuy va Sugol orqali avtomobil yoʻli oʻtadi. Okrugning gʻarbiy qismida Darasun — Duldurga — Xapcheranga avtomobil yoʻli bor.

Ensiklopediya.uz
AGA BURYATLARI MUXTOR OKRUGI