AFZALBOJLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AFZALBOJLAR haqida malumot bilib oling.

AFZALBOJLAR, bojxona tarifi preferensiya l. ari — bir yoki bir necha davlatning tovar importi uchun eng qulay sharoitlar yaratish maqsadlarida belgilangan bojxona bojlari. Shu mamlakatlarning jami yoki ayrim tovarlari turi uchun qoʻllaniladi. Davlatlar oʻrtasida oʻzaro yoki bir tomonlama tartibda joriy etiladi. Kam rivojlangan mamlakatlardan import qilingan tovarlardan umuman boj undirilmasligi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-y. 27 avg. qabul qilingan «Boj tarifi toʻgʻrisida» Qonunida OʻzRning boshqa davlatlar bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni amalgi oshirishida Oʻzbekiston Respublikasi bilan birga erkin savdo zonasi yoki bojxona ittifoqiik tashkil qilgan yoxud shunday zona yoki it-tifoq tuzish maqsadini koʻzlovchi bitimni imzolagan davlatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga, OʻzR milliy preferensiya tizimidan foydalanuvchi rivojlanayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan boj toʻlashdan ozod qilish, boj stavkalarini kamaytirish yoki preferensial tartibda tovar olib kirish (olib chiqish)ga tarif kvotalari belgilash kabi preferensiyalarga yoʻl qoʻyilishi koʻrsatilgan.

Sherqul Shodmonov.

Ensiklopediya.uz
AFZALBOJLAR