
AFSHIN haqida malumot bilib oling.
AFSHIN — Ustrushona hokimlarining arablar fathidan avvalgi laqabi. Oxirgi Afshin Haydar ibn Kovus (manbalarda al-Afshin) xalifa Muʼtasimning lashkarboshisi edi. U Kichik Osiyoda yunonlar ustidan gʻalaba qilgani va Bobak qoʻzgʻolonini bostirgani evaziga xalifaning eʼtiboriga sazovor boʻlgan. Biroq, 841-y. iyunda islomdan qaytganlikda ayblanib, oʻlim jazosiga hukm etilgan. Afshin laqabi Oʻrta Osiyoda, umuman, uchrab turadi. Yaʼqubiyda (Taʼrix, 2-jild, 344-bet) Sugʻdiyona hokimi Gʻurak Qutayba ibn Muslim bilan tuzgan shartnomasida oʻzini Sugʻd ixshidi, Samarqand afshini deb atagan.
Ensiklopediya.uz
AFSHIN