AFRIKA TARAQQIYOT BANKI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AFRIKA TARAQQIYOT BANKI haqida malumot bilib oling.

AFRIKA TARAQQIYOT BANKI (African Development Bank) — Afrika mamlakatlarining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish dasturlarini kredit bilan taʼminlaydigan davlatlararo mintaqaviy bank. 1963-y. da tashkil etilgan. 1967-y. dan boshlab faoliyat olib boradi. Boshqaruvi Abidjon sh. da (Kot-dʻIvuar Respublikasi). Unga Afrikaning 50 mamlakati, boshqa mintaqalardan 25 mamlakat aʼzo (shu jumladan Yugoslaviya, Xitoy). 1980-y. lar oxirida ustav kapitali 6,5 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi, uning 2/3 qismi Afrika davlatlariga tegishli. Ikki filiali bor (Afrika taraqqiyot fondi va Nigeriya trast fondi). Kreditlarning yarmidan koʻprogʻi q. x. va infratuzilmalarga yoʻnaltiriladi.

Ensiklopediya.uz
AFRIKA TARAQQIYOT BANKI