Aforizmlar haqida
Aforizmlar haqida
DO`STLARGA ULASHING:
Shunaqangi lo‘nda hikmatli so‘zlar yoki maqollar borki, ularni hamma biladi va hamma foydalanadi. Agar bunday hikmatli so‘zlarga barcha kishilar ishonishmaganda edi, ular asrlardan-asrlarga o‘tib kelmasdi.
KVINTILIANLo‘nda fikrlash xalqqa xos…
M. GORKIYMen maqollardan juda ko‘p narsani, boshqacha qilib aytganda,— lo‘nda fikrlashni o‘rganganman.
M. GORKIYInson tafakkuri va tajribasining boqiy xazinalari ming yillar osha so‘zda jamlanadi va abadul-abad yashaydi.
M. A. ShOLOXOVKo‘chirmalar, nodir fikrlar va shu singarilar serqirra shishaga qiyos — ular yozuvchilarning asarlarida sochilib yotgan aql, bilim yog‘dularini bir yerga jamlaydi va bu yog‘dularni o‘quvchi ongida o‘zgacha kuch va jonli tarzda mujassamlashtirib beradi.
J. SVIFTAyrim fikrlar bir yerga jamlangan nur oqimidek odamni u qadar charchatmaydi.
P. BAUSTAforizmlar — falsafiy mushohadalarni ifodalashning deyarli eng qulay shaklidir.
L. N. TOLSTOYAxloq uzundan-uzun gap, nasihatgo‘ylikdan ko‘ra ixchamgina hikmatli so‘zlarda yaxshi ifodalanadi.
K. IMMERMANAforizmlar hayot daraxtida yetilgan mevadek bo‘lishi kerak.
J. NIZARAforizmlar — ixcham shakldagi donolik, fikr va tuyg‘ular javhari.
U. OLJERMaqollar ulkan ma’noning uch-to‘rt og‘iz so‘z bilan ifodalangan shaklidir.
T. FULLERJamiki hikmatli so‘zlarda tugallik ma’lum darajada qisqa ifoda shakliga qurbon beriladi.
S. JONSONAql fikrning bir tutamgina nuri va yog‘dusini to‘plab olib, shu beozor lazzatni hamma narsani sistemaga solish va hamma narsani muhokama qilish kasali bilan xarob etmagani holda undan zavqlangan ma’qul.
A. FRANSShunday fikrlar borki, ularni benihoya keng ma’noda qo‘llash mumkin; shu sababdan bunday fikrlar qanchalik ko‘pchilikka mos shaklda ifodalangan bo‘lsa, aql va yurakka shunchalik ko‘p oziq beradi, ular shu darajada chuqur his etilgan fikrlar bo‘lib chiqadi.
L. N. TOLSTOY
Klassiklardan o‘rganish ajoyib natija beradi, darvoqe, ularda hammavaqt nimadir uchraydiki, u miyangga qattiq o‘rnashib qoladi, qon va jismingga o‘tadi.
Ya. KOMENSKIYMutafakkirlarning fikrlari bilan tanishish miya uchun tengsiz mashq: aqlga aql qo‘shadi va fikrni charxlaydi.
I. GERDERMuxtasar ifodalangan o‘tkir fikrlar hayotni yaxshilashga ko‘p xizmat qiladi.
SISERONTeran fikrlar — aqlga o‘rnashgan po‘lat mixdek, ularni sug‘urib bo‘lmaydi.
D. DIDROSo‘zlar — asrga, fikrlar esa asrlarga tatiydi.
N. M. KARAMZINLo‘nda hikmatli so‘zlar kishilarning miyasiga singib qoladi, ildiz otib, gullaydi, hosil beradi va hamisha ta’sir ko‘rsatib boradi.
F. BODENShTEDTFikr, va hikmatli so‘zlar, xonani bezab turgan gul singari ko‘ngilni bezaydi.
E. KAPIEVGo‘zal tashbehlar go‘zal fikrga yarashib, uni avaylab turadi.
V. GYuGOHikmatli so‘z kitoblari aqlning mustaqil faoliyatiga nafaqat tazyiq o‘tkazadi, aksincha, mustaqil faoliyatga chorlaydi.
L. N. TOLSTOYLo‘nda fikrlarning afzalligi shundaki, ular jiddiy kitobxonni o‘zicha o‘ylashga majbur etadi.
L. N. TOLSTOYAksari hollarda yoshlarning men birovning aqli bilan yashamayman, degan gaplarini eshitasan. O‘ylab ko‘rilganlarni o‘ylab o‘tirish senga ne hojat? Tayyorini olib, olg‘a ketaver. Insoniyatning qudrati shunda.
L. N. TOLSTOYO‘zi bilan o‘zi o‘ralashib, hech kimni tan olmay qo‘yganlarga ta’na bo‘lmasinu, yaxshi fikr qayerdan olinganidan qat’iy nazar, o‘zingning nodon fikringdan ko‘ra afzalroqdir.
F. LAMOTLEVAYEMen, ayniqsa, ziddiyatli hodisalarga sinchkovligimni uyg‘otuvchi va o‘sha ziddiyatlarni hal etib beruvchi har turli ixcham hikmatli so‘zlarni qadrlayman.
I. GYoTEAqlli odam doimo buyuk kishilar sinovidan o‘tgan yo‘lni tanlashi va eng ajoyib shaxslarga taqlid qilishi kerak, chunki u mabodo o‘sha buyuklik darajasiga ko‘tarilolmagan taqdirda ham har nechuk qittay bo‘lsada, uning yog‘dusini emadi.
N. MAKIAVELLIziyouz.uz
Aforizmlar haqida