AFONIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AFONIYA haqida malumot bilib oling.

AFONIYA (yun. a — inkor qoʻshimchasi va phone — ovoz) — shivirlab gapirish qobiliyati saqlangani holda ovoz chiqmay qolishi. Afoniya turli kasalliklar: hiqildoq, nerv sistemasi, shuningdek organizmning umumiy kasalliklari belgisi boʻlishi mumkin. Chin, paralitik, funksional va spastik xillari bor. Ovoz boylamlarining yetarli yumilmasligi yoki tebranmasligi bilan kechadigan kasalliklarda (yalligʻlanish, rak va h. k.) chin A. roʻy beradi. Hiqildoq nervi faoliyatining bir tomonlama buzilishi (qalqonsimon bez operatsiyasi va b.), nerv kasalliklari paralitik Afoniyaga sabab boʻlishi mumkin. Odatda, asabiy bemorlarda ovoz boylamlarini harakatlantiruvchi nerv mexanizmlarining vaqtincha tormozlanishi, ruhiy iztirob, qoʻrqish va b. natijasida funksional Afoniya yuzaga keladi. Xalqum va hiqildoq shilliq qavatiga oʻyuvchi kimyoviy moddalar taʼsir etishi va b. spastik Afoniyaga sabab boʻladi.

Ensiklopediya.uz
AFONIYA