Afobazol tabletka — nerv hujayralari faoliyatini turg’unligini oshiradi. to’liq malumot oling

Afobazol tabletka — nerv hujayralari faoliyatini turg’unligini oshiradi. to’liq malumot oling

?Afobazol tabletka — nerv hujayralari faoliyatini turg’unligini oshiradi.
Mundarija скрыть

?Analogi — kam ( o’zini qabul qilganingiz yaxshi ).

#Afobazol tabletka

#Афобазол таблетка

?Dori shakli : tabletka

?Tarkibi : ?

Fabomotizol digidroxlorid . 5 mg va 10 mg dozalarda chiqadi.

?Ta’siriga ko’ra ?

Asab hujayrasi faoliyatini normallashtiradi. Trankvilizator , ya’ni anksiolitik vosita.

?QO’LLANILISHI ?

— Bosh miya nerv hujayralari faoliyatini turg’unligini oshiradi

— Asab tizimini va nerv hujayralarini energetik kuchini oshiradi , asablar charchashini kamaytiradi

— Nerv hujayralarini shikastlanishdan asraydi

— Xavotirli va vahimali bo’lib qolish holatlarida qabul qilinadi.

— Kishida xavotirlik xissi , yomon xavfsirash , jizzakilik holatlarida buyuriladi

— Yig’loqilik, xadiksirash , zo’riqish , xotirjam bo’laolmaslik holatlarida afobazol samarali ta’sirga ega

— Uyqusizlik va qo’rquv xissi bezovta qilsa ham afobazol yaxshi ta’sirga ega

— Diqqatni jamlashda qiyinchilik bo’lganda va xotira susyganda afobazol yaxshi ta’sirga ega

— Shubha uyg’otish holatlarida , ishonchsizlikda va ko’ngil bo’shligi kabi holatlarda tavsiya qilish mumkin.

— Og’iz qurishi , ko’p terlash va bosh aylanishi kabi holatlarda ham qabul qilsa bo’ladi.

— Bronxial astma kasalligida ham qabul qilish mumkin.

— Tizimli qizil yugurik kasalligida ham qo’llash mumkin

— Yurak ishemik kasalliklarida , qon bosimi baland holatlarda va aritmiyalarda qo’llash mumkin ( ta’siri yaxshi )

— Xavotir bilan bog’liq bo’lgan uyquni buzilishida qo’llaniladi

— Alkogolga o’rganib qolgan holatlarda ham qabul qilish mumkin.

— Chekuvchilar bo’lsa , chekishdan voz kechish , bekor qilish jarayoniga yordam beradi.

?QO’LLASH USULI ?

Afobazol tabletkasi ovqatdan keyin qabul qilinadi.

1 tabletkadan kuniga 3 mahal qabul qilish buyurilgan. Lekin ahvolga va vaziyatga qarab

1 — 2 tabletka qabul qilsayiz ham bo’ladi.

Sutkalik doza 3 ta tabletkadan ko’p bo’lmasin ( admin maslahati ?) .

?NOJO’YA TA’SIRI ?

Teri allergik reaksiyalari kuzatilishi mumkin.

Bosh og’rig’i kuzatiladi

❌QO’LLASH MUMKINMAS ?

— Preparatga allergik reaksiya bo’lganda

— Homiladorlik va emizish davrida mumkinmas

— 18 yoshdan kichik bo’lgan bolalarga mumkin emas.

?ADMIN MASLAHATI ?

?Psixik va asab buzilish kabi holatlarda afobazol yaxshi samaraga ega deb bilaman?

?Qabul qilish doimiyligini shifokor nevropatolog bilan maslahatlashing.

?Yana bir ma’lumot sifatida ,afobazol tabletkasini qabul qilgandan keyingi ta’siri

5 — 7 chi kunlarda seziladi. Ya’ni preparatning samarasi davolashning 5 — 7 kuniga kelib rivojlanadi. Maksimal , ya’ni eng yuqori samarasi esa 4 chi haftalarda bilinadi ( esda saqlang ).

?Qo’llash — retsept bilan

?Ishlab chiqaruvchi — Rossiya

Dorixona
Afobazol tabletka — nerv hujayralari faoliyatini turg’unligini oshiradi.