AFISHA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AFISHA haqida malumot bilib oling.

AFISHA (frans. affi che — eʼlon) — reklamaning bir turi. Spektakl, konsert va b. adabiy tadbirlar, tomoshalar toʻgʻrisida xabar beruvchi maxsus eʼlon. Afisha tomoshaxonalar oldiga, koʻchalar, maydonlardagi maxsus taxtalarga yopishtirib qoʻyiladi. Mil. av. bunday eʼlonlar devorga, taxtaga, toʻrtburchak ustunlarga yozilgan; oʻrta asrlarda bu vazifani jarchilar bajargan. 16-a. dan Afisha qogʻozlarda bosila boshladi. 19-a. da Afisha ishlab chiqarish juda taraqkiy etdi. Bu soha bilan rassomlar shugʻullangani sababli Afisha tasviriy sanʼatning bir turiga aylandi. 1914-y. ning 15 yanv. Samarqandda, oʻsha yilning 27 fev. Toshkentda (Hamza teatrida) «Padarkush» (Behbudiy) spektakli qoʻyilishi mu-nosabati bilan oʻzbek tilida ilk Afishalar tarqatilgan. Hoz. kunda suratli Afishalar keng tarqalmoqda.

Ensiklopediya.uz
AFISHA