AEROZOL GENERATORI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AEROZOL GENERATORI haqida malumot bilib oling.

AEROZOL GENERATORI — termomexanik va mexanik usullarda aerozollar hosil qilish hamda ularni purkash mashinasi. Bog, oʻrmon va dalalarda q. x. oʻsimliklari zararkunandalariga qarshi kurashda, shuningdek omborlar va issiqxonalar, chorvachilik binolarini dorilashda ishlatiladi. Veterinariya amaliyotida Aerozol generatoridan dezinfeksiyalovchi, insektitsid va vaksina aerozollari hosil qilishda foydalaniladi. Termomexanik usulda ish suyukligi avval qizdiriladi, soʻngra havo oqimi uni mayda zarrachalarga parchalaydi. Mexanik usulda esa ish suyuqligi faqat havo oqimi taʼsirida parchalanadi. Ish vaqtida Aerozol generatori avtomobil kuzovi, traktor yuk tirkamasi, ot arava va b. da olib yuriladi. Baʼzi Aerozol generatori purkagichlgr, changlatgichlar bilan birga ishlatiladi. Zaharli dori eritmasini aerozol moslamasi yordamida ham purkash mumkin. Bunda changlagich-purkagichning purkagich qismiga aerozol moslamasi oʻrnatiladi, apparatda maxsus soʻrgʻich orqali soʻrilgan havo rezervuardan dorini ergashtirib, dozatorga haydaydi. Dozatorda hosil boʻlgan emulsiya uchlik orqali mayda zarracha holida oʻsimlikka purkaladi.

Ensiklopediya.uz
AEROZOL GENERATORI