AEROSURATGA OLISH haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AEROSURATGA OLISH haqida malumot bilib oling.

AEROSURATGA OLISH, aerosyomka — Yer sirtining biror qismi tasvirini uchish apparatlari (samolyot, aerostat, havo shari, yer sunʼiy yuldoshi, raketa va b.)ga oʻrnatilgan maxsus suratga olish va qayd qilish qurilmalari yordamida suratga olish va qayd qilish. Aerofotosuratga olish va fotoelektron xillarga boʻlinadi. Aerofotosuratga olish eng keng tarqalgan boʻlib, undan xoʻjalik hamda ilmiy maqsadlarda keng foydalaniladi. Bu usul odatdagi fotoapparatdan suratga olish jarayonining toʻla avtomatlashtirilgani, kadrlarni katta bichimda olishi, ancha tez suratga olishi bilan farq qiladi. Fotoelektron Aerosuratga olish elektron apparatura yordamida obyekt chiqaradigan yoki qaytaradigan koʻrinmas elektromagnit nurlarni qayd qilishga; qabul qilingan noʻrni elektron optik oʻzgartirgich bilan koʻrinadigan tasvirga aylantirishga; obyektning koʻrinadigan tasvirini oʻzgartirgich ekranda hosil qilishga va shu tasvirni ekrandan fotoplyonkaga suratga olishga asoslangan. Infraqizil va radiolokatsion Aerosuratga olish katta ahamiyat kasb etadi. Aerosuratga olish topografik xaritalar tuzishda, geologik qidiruvlarda, q. x. va oʻrmon xoʻjaligida, harbiy ishda, muhandislik-qidiruv ishlarida qoʻllaniladi.

Ensiklopediya.uz
AEROSURATGA OLISH