AEROFOTOSURATGA OLISH haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AEROFOTOSURATGA OLISH haqida malumot bilib oling.

AEROFOTOSURATGA OLISH — samolyot, vertolyot, Yer sunʼiy yoʻldoshi yoki raketalarga joylashtirilgan maxsus aerofotoapparat yordamida joyning fotosuratini yuqoridan olish va shu fotosuratlar yordamida joyning plani va geografik xaritani tuzish. Aerofotosuratga olish joyning baʼzi tafsilotlarini yoki iishootlarning fotosuratlarini olib, soʻngra tayyor xaritasiga tushirish uchun ham qoʻllaniladi. Baʼzan, Aerofotosuratga olishning vazifasi faqat joyning tutgan oʻrni chegaralarini aniqlash bilan cheklanadi (kontur A. o.), baʼzan topografik ulchashlar natijasida olingan relyef haqidagi maʼlumotlar Aerofotosuratga olish yordamida olingan xaritaga tushiriladi (murakkab-kombinatsiyalangan Aerofotosuratga olish). A. O. vositasida xarita tuzib, fotogrammetrik oʻlchashlar natijasida relyefni shu xaritalarga tushirish ham mumkin (fotogrammetriya). Uchish, fotosurat olish va tayyor fotosuratlarni oʻlchash natijasida joyning plani — xaritasi tuziladi. Aerofotosuratga olish topografik xaritalar tuzishda, geol., tuproqshunoslik tadqiqotlarida, oʻrmonchilik va yer tuzish ishlarida, yoʻl va yer gidrotexnika inshootlari qurish, harbiy ish va b. da qoʻllaniladi. Aytib oʻtilgan ishlarda qoʻllaniladigan Aerofotosuratga olishning eng muhim qismi olingan fotosuratlarda joyning hamma tafsilotlarini topa bilish (deshifrlash — shifrni yechish) va ularni xaritaga aniqtushirishdir. Aerofotosuratga olish qaysi sohada ishlatilishiga qarab, fotosuratdagi tafsilotlarni aniqlash — topografik, gidrotexnik, gidrogeografik deshifrlash turlariga boʻlinadi. Harbiy maqsadda olib borilgan deshifrlash dushmanning mudofaa tizimini aniqlash, uning kommunikatsiyam, aerodromlari va kechuv joylarini oʻrganishdan iborat. Bundan tashqari, harbiy ishda yerdan turib aniqlab boʻlmaydigan obyektlar (narsalar)ning koordinatalari topiladi.

Ensiklopediya.uz
AEROFOTOSURATGA OLISH