ADYUTANT haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ADYUTANT haqida malumot bilib oling.

ADYUTANT (lot. adjutans — yordam beruvchi) — 1) boshliq (komandir, qoʻmondon) huzurida turli topshiriqlarni bajaruvchi harbiy xizmatchi (zobit).

2) podsho Rossiyasi armiyasida shtab va boshqarmalarda harbiy devon mutasaddisi boʻlgan zobit lavozimi (katta polk, batalyon va divizion A. i); 17-a. 2-yarmida yasovul nomi bilan Rossiyada joriy boʻlgan, 1716-y. Harbiy Nizom bilan rasmiylashtirilgan;

3) monarx (podsho, imperator) huzuridagi harbiy mansablardan biri. General mansabidagi Adyutant general-A. deb, zobit mansabidagi — fligel-A. deb atalgan.

Ensiklopediya.uz
ADYUTANT