ADYUNKTURA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ADYUNKTURA haqida malumot bilib oling.

ADYUNKTURA — oliy malakali harbiy ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar (fan nomzodi) tayyorlashning asosiy shakli. Oʻzbekistonda uzluksiz taʼlim tizimining tarkibiy qismi. A. Ichki ishlar Akademiyasi, Qurolli kuchlar Akademiyasi, harbiy i. t. in-tlari va oliy oʻquv yurtlarida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (OʻzR IIV) va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi (OʻzR MB) hayʼatlarining qarorlari bilan OʻzR Fan va texnika davlat qoʻmitasi (OʻzR FTDQ) hamda OʻzR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi (OʻzR OAK) bilan kelishilgan holda tegishli mutaxassisliklar boʻyicha ochiladi. A. OʻzR FTDQ tomonidan attestatsiyadan oʻtkaziladi.

Adyunktura oʻz ishini «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar mutaxassisliklari roʻyxati»ga muvofiq ravishda fan sohalarining tegishli mutaxassisliklari boʻyicha «Uzluksiz taʼlim tizimida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash toʻgʻrisida»gi Nizomga hamda OʻzR IIV va OʻzR MVga tegishli meʼyoriy-huquqiy hujjatlariga asosan olib boradi.

Adyunkturada oʻqishdan maqsad i. t. usullarini oʻzlashtirish, tegishli ilmiy sohaga oid bilimlarni egallash va fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya yoqlashdir. Adyunkturada kirish qoidalari, oʻqish muddatlari, adyunktlar tayyorlash usullari aspiranturanikiga oʻxshaydi.

Ensiklopediya.uz
ADYUNKTURA