ADSORBENTLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ADSORBENTLAR haqida malumot bilib oling.

ADSORBENTLAR (lot. ad — yonida va sorbens — yutuvchi) — tabiatda uchraydigan va sunʼiy yoʻl bilan tayyorlanadigan, disperelik darajasi yuqori boʻlgan (q. Dispers sistemalar) juda katta tashqi (gʻovaksiz) yoki ichki (gʻovakdor) sirtli jismlar. Suyuq yoki gaz holidagi moddalar adsorbsiyasi xuddi shu Adsorbentlar sirtida sodir boʻladi. Tabiiy Adsorbentlarga opoka (govaqtosh), gilmoya va b. kiradi. Sunʼiy Adsorbentlar uglevodorodlarni termik parchalash yoki tutatish (kurum olish), oʻta qizdirilgan suv bugʻi b-n kremniy-organik moddalarni gidrolizlash (aerosillar), dagʻal dispers sistemalarni kimyoviy jihatdan faollash yoki modifikatsiyalash (faol kumir, faollantirilgan gil) va b. yoʻllar bilan olinadi. Adsorbentlarning adsorbsion xususiyati qattiq jismning tabiatiga, sirt tuzilishiga, kattaligiga, gʻovaklarining tuzilishiga bogʻliq. Ular, asosan, gʻovaksiz, yirik gʻovakli, mayda govakli va aralash gʻovakli turlarga boʻlinadi. Adsorbentlar protivogazlarda ishlatiladi, gaz va suyukliklarni tozalash va quritishda, polimerlarning toʻldirgichlari sifatida va b. maqsadlarda keng qoʻllaniladi.

Ensiklopediya.uz
ADSORBENTLAR