ADOLESKARIY haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ADOLESKARIY haqida malumot bilib oling.

ADOLESKARIY (yangi lot. adolescaria, lot. adolesco — oʻsaman, yiriklashaman) — ayrim soʻrgʻichli yassi chuvalchanglar, mas, jigar qurtining soʻnggi lichinkali davri. Adoleskariy oraliq xoʻjayin (mollyuska) tanasidan suvga chiqadigan suv oʻtlari, suv buyida oʻsadigan oʻsimliklar yoki suv tubidagi narsalarga yopishib dumini tashlashi tufayli hosil boʻladi. Serkariyning Adoleskariyga aylanish jarayoni sistogoniya deyiladi. Suv yoki oziq bilan asosiy xujayin (oʻtxoʻr hayvonlar, baʼzan odam va b. sut emizuvchilar) organizmiga oʻtgan Adoleskariydan voyaga yetgan parazit rivojlanadi.

Ensiklopediya.uz
ADOLESKARIY