Adobe Photoshop dasturining ishlab chiqilish tarixi
Adobe Photoshop dasturining ishlab chiqilgan sanasi birorta kalendarda
qayd etilmagan. Biz ishlatadigan Adobe Photoshop dasturining 2005-yilda
bir yilligi nishonlandi. Bundan 17 yil oldin, fevral oyida, «Adobe»
kompaniyasi, Rassomlar, fotograflar, dizaynerlar orasida hozirgacha
mashhur bo’lgan «Photoshop — 1.0» muallifini e’lon qildi. Photoshop
dasturi bugungi kunda, «kompyuter grafikasi» sohasi bo’yicha eng oldingi
o’rinda turibdi va mustaqil dastur bo’lib ajraldi. Biz foydalanayotgan
Adobe Photoshop dasturining boshlanishi ancha ilgari bo’lgan. Hozir 41
ta muallifi e’lon qilingan dasturni aslida aka-uka Jon Noll va Tomas
Nollar boshlab bergan.
Ularning otasi fotograf bo’lib, ular yerto’lada joylashgan
fotolabaratoriyada otasiga yordam berar edilar. Tomas nur va rang
kontrastini o’rgandi. Jonn esa eski «Apple» da ishlashga qiziqardi.
1984-yilda Aka-uka Nollarga otasi dastlabki Macintosh olib berdi. Uning
imkoniyatlarining ko’pligi shu dasturni tuzishga sabab bo’ldi va ularga
millionlab dollar foyda keltirdi.
Dasturning Boshlanishi
1987-yilgacha Jonn Noll «Lucasfilm» firmasining Industrial Light and
Magic (ILM) bo’limida «Stars Wars» ga maxsus effektlar tayyorlashda
ishlar edi. Tomass bu vaqtda «Tasvirlar bilan ishlash» to’g’risidagi
nomzodlik dissertatsiyasini yozayotgan edi. Tomassning Apple Mac plus
monitorli kompyuteri «Grayscale Images» tasvirini namoyon qilmadi.
Tomass vaziyatni o’zgartirish uchun yangi dastur tuzishga kirishdi.
Qizig’i shundaki, Industrial Light and Magic (ILM) da Jon ham
tasvirlarni qayta ishlash bilan shug’ullanardi. Akasini
muvaffaqiyatlarini ko’rgan Jon birga ishlashni taklif qildi. Jon
o’zining «Kompyuter grafikasi asoslari» kitobida shunday yozadi:«Men
Tomas ishlarining natijasini ko’rganimda, Pixar studiyasidagi
tasvirlarni qayta ishlash dasturiga o’xshashligini ko’rib hayron
qoldim». O’shandan boshlab biz birga ishlab, murakkab va mukammallashgan
Display dasturini tuzdik. Oradan ko’p vaqt o’tmay Jon yangi sotib olgan
rangli ekranli Macitntosh II kompyuteriga Display dasturini
ko’chirishni taklif qildi. Jon display dasturida ranglar gammasi
korreksiyasi, import, fayllarni har xil formatlarda saqlash va
boshqalarni o’ylab topdi.
Dastur ustida ishlash Tomasni dissertatsiya yozishdan chalg’itdi, lekin u
shunda ham xursand edi. Hech qancha vaqt o’tmay Tomas tasvirlarni bir
qismini ishlov berishni yangi usulini o’ylab topdi va ishlov berish
asboblar to’plamini tuzdi. Keyinchalik bular «Plug-ins» deb ataldi.
Keyinchalik tonlarni sozlash-(Levels), balansni boshqarish funksiyasi,
ranglar va to’yinishni boshqarish (Hue and Saturation) ishlab chiqildi.
Bu imkoniyatlar Photoshopda dastlabki qadam bo’ldi. O’sha davrda bunday
funksiyalar faqat maxsus dasturlarda bo’lgan. Ular esa faqat
labaratoriyalarda yoki Industrial Light and Magic (ILM) da bo’lgan.
1988-yilda «Display»ni «ImagePro» deb nomi o’zgartirildi. Dastur o’sha
davrda juda zamonaviy edi. Jon bu dasturni sotib, pul ishlashni o’ylar
edi. Tomas esa unga qarshi chiqdi. Bundan tashqari Tomas o’z
dissertatsiyasini tugatmagan, to’liq ishlangan dasturni tuzishga ancha
vaqt va mehnat kerak edi. Ular shunga o’xshash dasturlarni analiz
qilishib, o’z dasturlari «Image Pro’ ni boshqalardan oldinga o’tib
ketganligini aniqlashdi.
»Image Pro« dan „Photoshop“ ga o’tilishi
Dasturni moliyalashtirish boshlandi. „Photoshop“ atamasi qayerdan paydo
bo’lganligini hech kim bilmaydi. Dastur namoyishi vaqtida nashriyotchila
tomonidan „Photoshop“ deb nomlangan degan gap bor. Dastlabki
versiyalarda ekranlarda Photoshop ko’ringanligi hozirda bizda
„ExTraneous CapitaliSation“ ko’ringanday.Qizig’i shundaki, ko’p dastur
tuzuvchilar o’z yo’nalishlarini Photoshop tomonga burdilar va bunday
dasturlarni mustaqil ishlab chiqa boshladilar.
Faqatgina bitta kompaniya Photoshopni sotib olishga kuchi yetar edi. Bu
kompaniya hozirda bizga mashhur bo’lgan „Adobe“ kompaniyasi edi. Lekin
masalani hal qilishgacha hali ancha bor edi. Barneyscan skanerlarini
ishlab chiquvchilar aka-ukalarga Photoshopni o’z mahsulotlari
komplektida sotishni taklif qilishdi. Natijada 200ta nusxalangan
Photoshop Barneyscan XP savdo belgisi ostida tarqalib ketdi.
Yaxshiyam Adobe bilan kelishuv uzoq davom etmadi. Tez orada Jon o’z
dasturiga e’tiborni jalb qilish uchun kompaniyaga keldi. U bu yerga
kelib Rassel Brounga o’z dasturini imkoniyatlarini namoyish qildi. Keyin
Photoshop Art-director ga namoyish etildi. Direktorga ma’qul bo’ldi va
tezda sotib olish kerakligini aytdi. Aobe tomonining soddaligidanmi yoki
aka-ukalarning ehtiyotkorligidanmi dastur to’la sotilmadi, faqat
litsenziyalandi. Shuning uchun, dasturdan keladigan gonorar aka-ukalarga
tegishli bo’lib qoldi.
Hammasi juda yaxshi borar edi. Lekin aka-ukalar bu muvaffaqiyatlar bilan
to’xtab qolishmadi. Oldinda juda ham o’gir ish-Photoshop 1.0 rasmiy
versiyasini ishlab chiqish turar edi. Tomas dasturni natijaviy kodlash
ustida ishladi. Bu vaqtda Jon esa Plug-ins ni kengaytirish ustida ishlar
edi. Bu esa Adobe xodimlarini hayratlantirdi. Ular bunda ayyorlik va
aldashni ko’rishdi.
Qizig’i shunda ediki, ba’zi qoidalarga qattiq rioya qiluvchi xodimlar,
Photoshopni kengaytirish standartlarga to’g’ri kelmaydi va yaxshi natija
bermaydi deb fikr bildirishdi. Boshqalar esa, uni to’g’ri ishlatish
ko’p foyda berishini aytishdi.
Dasturni tugatishni oxirgi bosqichlarida ham Tomas uni o’zgartirish va
mukammallashtirishga vaqt va kuch topdi. Photoshopning tarafdorlari Jon
va Rassel Brounning qo’llab quvatlashi va Adobe ning qarorlari
natijasida 1990-yil, fevral oyida Adobe Photshop rasmiy versiya sifatida
chiqdi.
So’zsiz 1-versiyaning chiqishi, ko’p xatolarga qaramasdan muvaffaqiyatli
bo’ldi. Adobe kompaniyasi Photoshopning hammabopligini isbotlab berdi,
lekin u o’sha vaqtda maxsus dastur tuzuvchilar uchun ishlab chiqilgna
edi.
Adobe kompaniyasi: Photoshop yordamida shunday natijaga erishishish
mumkinligini, bunday natijaga ilgari faqat bir necha ming dollar
turadigan professional, maxsus dastur asosidagina erishish mumkin
ekanligini ta’kidladi. O’sha vaqtda Photoshopning narxi 1000$ bo’lishiga
qaramasdan, uning eng katta raqobatchisining narxi 1995$ turadigan
Letraset’s ColorStudio dasturi edi.
2.0 versiyani ishlab chiqish bosqichida Adobe dasturchilar shatitini
kengaytirdi. Dasturga Bezye egri chizig’ini kiritish uchun Mark
Gamburgni taklif qildi. Bu vaqtda Photoshopda yangi imkoniyatlar
ochildi: Pen tool, ikki tonli tasvirda ishlash, Illustratordan ba’zi
tasvirlarda import va Rasterize. Bulraga yana CMYK qo’shildi. Photoshop
uchun kasb bozorining ochilishi, poligrafiya xizmatlari Adobe
kompaniyasi uchun juda qo’l keldi. Sotish bo’yicha birinchi menedjer
Steven Gutman beta-versiya dasturlariga kodli nomlar taklif qildi. Bu
odat shu kungacha davom etyapti. 1990-yilda chiqqan ‘Fast Eddy’
beta-versiya 2.0 ning kodli nomidir.
Photoshop uzoq vaqt, asosan Macintosh platformasida ishladi. Lekin uning
muvaffaqiyatga erishishiga Grafika bozorida paydo bo’lgan Windows
kafolatlab berdi. Yangi platformaga versiya ishlab chiqish oson
ishlardan emas edi-buning uchun Brayan Lepkin boshchiligida yangi guruh
tuzildi. Ko’p miqdorda yangi kiritmalar, masalan 16bitli fayl ishlab
chiqarilishiga qaramasdan, bular faqat 1993-yil 2.5.1 versiyalarida
paydo bo’ldi.
3.0 versiyadagi musiqa guruhi uchun ishlangan 3 albom ham muvaffaqiyatga
erishishi yoki butunlay muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkin edi. Omad
Brayan Lepkin boshqarayotgan guruh tomonida bo’lib, ular
qavatlar(Layers) ni ta’minlovchi dasturni rivojlantirdilar
Layers ni ko’pchilik qo’llab-quvatladi, chunki u dasturning asosiy
funksiyasini bajarar edi, u tez orada, ko’pgina rassom va dizaynerlarni
o’ziga jalb qildi. Layers o’sha vaqtda juda mukammal emas edi. HSC
keyinchalik Meta creations Live pictures nomli tasvirlarni qayta ishlash
dasturini ishlab chiqdi, u ham shunday texnologiyani qo’llardi. Meta
Creations juda katta xatoga yo’l qo’ygani shundaki, ular Live Picturesga
juda baland narx qo’yib yuborishdi va Photoshop3.0 versiyasiga
raqobatchi qolmadi.
Keyingi versiyalarda Layers ga o’xshash katta o’zgarishlar bo’lmadi,
lekin dasturni mukammallashtirish davom etdi. Photoshop 5.0 versiyasida,
ranglarni boshqarish va History Palette kiritldi. Ularning tasirida
dasturning san’at imkoniyatlari oshdi. Photoshop 5.5 versiyasining
chiqishi bilan katta o’zgarish bo’ldi. Photoshop komplektida Image Ready
paydo bo’ldi va u web uchun grafikalarni ishlovchi yangi funksiyalarni
ochib berdi. Photoshop 6.0 versiyasida Layer Styles va matnni
harakatlanishini boshqarish imkoniyatlari paydo bo’ldi. Photoshop 7.0
versiyasida Healing brush paydo bo’ldi.
Bugun va ertaga
Uzoq vaqt dastur bozorida lider pozitsiyasini ushlab turgan Adobe o’z
dasturini mukammallashtitaverdi. Hozirgi kunda Photsohop Creative Suite 2
(CS2) и Creative Suite 3 (CS3) paketlar tarkibida turibdi.
Yaxshiyamki, dasturni takomillashtirish to’xtamadi va hozir ham davom etyapti.
Axborot dasturlari bozorida konkurensiyaning balandligi sababli, axborot
dasturlarini taqdim etuvchilarning ko’pchiligi Photoshopni bepul ba’zi
turlaridan masalan, Paint shop Proni arzon narxda havaskorlar va uyda
ishlovchilar uchun taqdim etishdi. Adobe kompaniyasi Photoshopning
yetarlicha imkoniyatlari bo’lgan, Photoshop Elements 4.0 versiyasini
ishalb chiqdi.
Kelajakda nima bo’ladi…? Afsuski, Adobe bu haqida anons bermayapti.
Photoshop Aobe kompaniyasining tojidagi qimmatbaho toshdir, shuning
uchun uning kelajakdagi rejalari sir tutilyapti. Lekin har zamonda
kompaniya Photoshop kelajagi haqida bir luqma tashlab qo’ymoqda. Video
va raqamli tasvirlar ishlash bo’limining Vitse-Prezidenti Brayan Lemkin
64-bitli versiyasi va Apple’s CoreImage texnologiyasini
qo’llab-quvatlashini aytdi.
Ular dasturning imkoniyatlarini ko’paytiradi. Yana Photoshop bilan
Illustrator birlashadi degan mish-mishlar yuripti. (Men uni intizorlik
bilan kutyapman.)
Nima bo’lishidan qat’iy nazar Tomass Noll proyektni davom etishda
qatnashadi. Tomass Noll hozirda Photoshop ishlab chiqarilishi bilan
bevosita shug’ullanmasa ham, yangiliklardan doim xabardor bo’lib
turibdi. Plugin, Adobe camera raw yangi versiyalarini ishlashda va Adobe
kompaniyasining forum va diskussiyalarida qatnashib turibdi.
Muallif: Anton Brizgunov
Boshqalar
Adobe Photoshop dasturining ishlab chiqilish tarixi