Adliya vazirligi yuristlari oila qonunchiligi yuzasidan maslahat beradilar

Adliya vazirligi yuristlari oila qonunchiligi yuzasidan maslahat beradilar

adliya vazirligi yuristlari oila qonunchiligi yuzasidan maslahat beradilar 660ba97218759Adliya vazirligi Xalqaro oila kuni munosabati bilan, 15 may kuni «Oilalarga huquqiy yordam» onlayn-aksiyasini oʻtkazadi.

 

Xohlovchilar oilaviy munosabatlarga oid istalgan savolni http://cc.uz/16101 manziliga yoʻllab, bepul huquqiy maslahat olishlari mumkin.

 

Savollarga javoblar 2019 yil 15 may kuni soat 10.00 dan 20.00 gacha murojaat qiluvchining хohishiga koʻra elektron pochta yoki Telegram-messenjer raqamiga yoʻllanadi.

 

15 may kuni soat 15.00 da adliya vazirining oʻrinbosari Akbar Toshqulov «Adliya bilan muloqot/Dialog s yustitsiyey» sahifasi orqali umumlashtirilgan va klassifikatsiyalangan savollar yuzasidan onlayn-maslahat beradi.

 

Havola orqali oʻtib, aksiya reglamenti va savollarni yoʻllash tartibi bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

 

Savollarga javoblar
Adliya vazirligi yuristlari oila qonunchiligi yuzasidan maslahat beradilar

manba:norma.uz