ADIRLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ADIRLAR haqida malumot bilib oling.

ADIRLAROʻrta Osiyo togʻlarining past-baland etaklari. Adirlar uchlamchi va toʻrtlamchi davrlarning togʻ jinslaridan tashkil topgan. A. Fargʻona, Hisor, Surxondaryo vodiylarida koʻproq konglomerat va chaqir toshlardan iborat boʻlib, baʼzi joylarida lyoss (soz tuproq) b-n qoplangan. Adirlarni koʻp joylarda soy hamda jarlar kesib oʻtib, ayrim-ayrim qismlarga boʻlib yuborgan. Adirlarning dengiz sathidan bal. 400—500 m dan 1000— 1500 m gacha. Adirlar mintaqasi balandroq togʻ etaklaridan koʻpincha kambar tektonik botiqlar orqali ajralgan boʻladi. Adirlar Fargʻona vodiysi atrofidagi togʻ etaklarida juda aniq namoyon boʻlgan (mas, Avval adirlari). Qashqadaryo, Zarafshon vodiylari atrofida ham bor. Landshafta chala choʻl va choʻllardan iborat. Bahor paytida Adirlarda oʻtlar, lolalar oʻsib yotadi. Xoʻjalikda Adirlardan erta bahorda yaylov sifatida foydalaniladi, yogʻin koʻproq tushadigan Adirlarda (Hisor, Zarafshon vodiylarida) gʻalla yetishtiriladi. Ay-rim joylarda suv chiqarib bogʻlar bunyod etilgan. Kopetdogʻ va Qrim togʻlari etaklaridagi shunday balandliklar bayirlar deb yuritiladi.

Ensiklopediya.uz
ADIRLAR