ADIPIN KISLOTA haqida malumot bilib oling.
ADIPIN KISLOTA, ikki asosli organik kislota [NOOS (SN2)4 SOON] — rangsiz kristall. Mol. m. 146,15. Suyuqlanish t-rasi 149 — 150°, qaynash t-rasi 265°. Suvda, etil spirtda koʻproq, efirda kamroq eriydi, Siklogeksanonni nitrat kislota yoki havo kislorodi b-n marganes tuzlari (katalizator) ishtirokida oksidlab olinadi. U sunʼiy tola — neylon ishlab chiqarishda qoʻllanadigan asosiy xom ashyodir. Efirlari plastifikatorlar va surkov moylari sifatida ishlatiladi. Etiladipinat — etillangan benzinning oktan sonini oshiruvchi modda, dialliladipinat esa smolalarga qotiruvchi qoʻshimcha sifatida qullaniladi.
Ensiklopediya.uz
ADIPIN KISLOTA