ADENOZINTRIFOSFAT KISLOTA, ATF haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ADENOZINTRIFOSFAT KISLOTA, ATF haqida malumot bilib oling.

ADENOZINTRIFOSFAT KISLOTA, ATF — adenin, riboza va uch molekula fosfat kislotadan tarkib topgan organik modda. A. k. organizm xujayralarida doimo sintezlanib va isteʼmol qilinib turadi. Adenozintrifosfat kislota, atf oʻzining pirofosfat bogʻlarida koʻp energiya saqlaydi (makroergik bogʻlar). U xujayra mitoxondriya moddalarning aerob va anaerob oksidlanishi natijasida ajralib chiqqan energiyani fosforlash yoʻli bilan makroergik fosfat bogʻlari shaklida toʻplaydi va organizmning energiyaga ehtiyoji boʻlgan hamma jarayonlarini energiya bilan taʼminlaydi. Adenozintrifosfat kislota, atf parchalanishi natijasida 8 — 11 kkal/mol energiya ajralib chiqadi. U muskullardan, achitqidan olinadi, sintetik usulda ham tayyorlanadi.

Ensiklopediya.uz
ADENOZINTRIFOSFAT KISLOTA, ATF