Adenoid va ularni davolash usullari haqida malumot
Burun-halqum murtak bezining kattalashuvi adenoid deyilib, 2 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarda uchraydi. Ba’zan kattalarda ham kuzatilishi mumkin. Adenoid o‘sib kattalashganda burun-halqum gumbazini to‘ldirishi va yon devorlari bo‘ylab pastga, eshitish naylarining halqum og‘zigacha tarqalishi mumkin.
Adenoidlarning paydo bo‘lish sabablari
Burun-halqum murtagi to‘qimalarining patologik o‘sishi odatda maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda, yuqumli kasalliklar bilan og‘rigandan keyin paydo bo‘ladi. Masalan, skarlatina, difteriya, qizamiq, angina, gripp kabi kasalliklarning kelib chiqishi shu jarayon bilan bog‘liq. Ba’zida irsiy sabablar, shuningdek tez-tez shamollashlar, ota-onalarning o‘z farzandlarining chiniqishlariga, sport bilan shug‘ullanishlariga va vaqtida tibbiy ko‘riklardan o‘tishlariga e’tiborsizlik bilan qarashlari ham adenoidlarga imkon yaratadi.
Adenoid alomatlari
Avvalo burundan nafas olish buziladi, bola og‘izdan nafas ola boshlaydi. Bemor bo‘shashgan va parishonxotir bo‘lib qoladi. Adenoid tufayli organizmda kislorod yetishmasligi ro‘y beradi va bunda quyidagi holatlar kuzatiladi: bosh og‘rig‘i; umumiy madorsizlik; uyqusizlik; tez-tez charchash; badjahllik; eshitish qobiliyatining pasayishi; yuqori jag‘ tishlarning noto‘g‘ri rivojlanishi.
Adenoidlarning turlari
Adenoidlar uch darajada farqlanadi: I darajada adenoidlar dimog‘ suyagining 1/3 qismigacha yopib turadi, II darajada 1/2 qismigacha va III darajada 2/3 qismigacha yoki deyarli butunlay bekitadi. I darajada adenoid bolaning uyg‘oq paytida burundan nafas olishini sezilarli darajada qiyinlashtirmaydi, lekin uyqu paytida venalarning qonga to‘lishi tufayli ularning hajmi ozmi-ko‘pmi kengayadi. Shuning uchun kasallik anamnezida bolaning uxlash vaqtida og‘zi ochiq bo‘lishi aniqlansa, bu adenoid borligidan dalolat berishi mumkin.
Rivojlanishi
Murtak hajmining kattalashishi shu darajaga yetadiki, ayrim hollarda burun-halqum bo‘shlig‘ini, xoanalarini, eshituv nayini, burun-halqumni to‘liq egallashi mumkin. Bunday hollarda bemorda, quloqni tez-tez surunkali shamollashi eshitish qobiliyati keskin pasayadi, tovush jarangdorligi o‘zgaradi, manqalik, teri va yumshoq pardalarning oqarishi sodir bo‘ladi. Burun orqali nafas olishning o‘zgarishi buzilishidan so‘ng, burundan doimo seroz suyuqlik oqib turadi, burun bo‘shlig‘i tez-tez yallig‘lanib sinusitlar paydo bo‘ladi.
Adenoidlar qanday asorat berishi mumkin?
Bolalarda kasalliklar uzoq davom etganda yuz skeletining rivojlanishida beso‘naqay buzilishlarga olib keladi. Doimo osilib turadigan pastki jag‘ tor va cho‘zinchoq bo‘lib qoladi, yuqori jag‘da esa qattiq tanglay noto‘g‘ri rivojlanadi. U baland va tor bo‘lib shakllanadi, tishlaring noto‘g‘ri joylashishi tufayli prikus buziladi. Adenoidlar nafas funksiyasiga, miya qon aylanishining ayrim mexanizmlariga salbiy ta’sir qiladi. Xotira zaiflashib har xil nerv-psixik o‘zgarishlarga olib keladi. Burun-xalqum murtagining gipertrofiyasi bilan kasallangan bolalarda vaqt o‘tishi bilan ko‘krak qafasi shakllanishining buzilishi (g‘oz ko‘kragi), kamqonlik, ko‘z tubidagi dog‘ o‘lchamining kattalashishi kuzatilishi mumkin.
Adenoidni davolash
Konservativ davo o‘tkir shamollash vaqtida qo‘llaniladi, qolgan holatlarda adenoid faqat jarohlik usuli bilan olib tashlanadi. Konservativ usul murtaklar oz-moz kattalashganda yoki operatsiya qilib bo‘lmaydigan hollarda qo‘llaniladi. Bemorga antigistamin preparatlar va kalsiy glyukonat buyuriladi. Kattalashgan murtaklar burundan nafas olishni qiyinlashtirib qo‘yganda operatsiya zarur bo‘lib, u ko‘pincha 5-7 yoshlarda qilinadi. Biroq burundan nafas olish ancha qiyinlashganda, eshitish qobiliyati pasayib ketganda va adenoidlar tufayli boshqa patologik hodisalar ro‘y berganda adenotomiya ko‘krak yoshidagi bolalarda ham amalga oshiriladi.
Jarrohlikdan so‘ng
Operatsiyadan keyin bolani bolishli karavotga yonbosh bilan 25-30 daqiqa yotqiziladi, shu bilan bir vaqtda unga muz bo‘lakchasini yutish yoki muzqaymoq yalashga ruxsat beriladi (bu tana haroratining pasayishi va qon ketishining tezroq to‘xtatishiga yordam beradi). Operatsiyadan 2 soat keyin bemorga suyuq, sovuq ovqatlar beriladi. O‘tkir, issiq qovurib pishirilgan ovqatlar, murch, sirka qo‘shilgan, sho‘r taomlar berish mumkin emas, chunki bunday vaqtda burundan qon ketib qolishi mumkin. Shunday ovqatlanish tartibiga bemor 4-5 kun davomida rioya qilishi kerak.
Davolovchi mashqlar
Adenoid olib tashlangandan keyin bola burundan to‘liq nafas ololmaydi. Chunki u uzoq vaqt davomida og‘zidan nafas olishga o‘rganib qolgan bo‘ladi. Shifokor va ota-onalar ko‘magi bilan maxsus “burundan nafas olish gimnastikasi” bir oy davomida bajarib turilsa, bola burundan to‘liq nafas olishga o‘rganadi. Burun gimnastikasining quyidagi usuli tavsiya etiladi:
1-mashq: bemor ko‘kragini biroz chiqarib (tirishmay) va qornini biroz kirgazib, to‘g‘ri turadi; (tovonlar 90 darajali burchak ostida birlashgan). Bemor qo‘llarini ko‘krak qafasining quyi qismiga tirab, ohista burnidan nafas ola boshlaydi, shu bilan birga, qorin oldinga qappayib chiqib turmasligi kerak. Nafas olish vaqtida qo‘llar ostida qovurg‘alar ayrilayotgani yaqqol seziladi. Nafasni burundan asta chiqarish lozim.
2-mashq: bemor xuddi o‘sha holatda turibdi. Faqat qo‘llarini orqasiga qilib olgan va ikkala kaftini bilashtirgan; qornini imkon qadar ichkariroq tortish kerak. Burun orqali sekin nafas olinadi; bunda ko‘krak qafasi kengayadi va o‘pkalar bir maromda havoga to‘ladi. Shundan so‘ng albatta burundan ohista nafas chiqariladi.
3- mashq: bemor xuddi o‘sha holatda, ammo kaftlarini ensasiga qo‘ygan. Bunda barmoqlarning uchlari o‘rta chiziqqacha borib taqalgan; burun orqali chuqur nafas olish bilan bir vaqtda avval oldinga uzatilgan tirsaklar ikki tarafga asta yoyiladi. Sekin nafas chiqarilganida, tirsaklar asta boshlang‘ich holatiga qaytariladi.
4-mashq: xuddi o‘sha holat, ammo qo‘llar ikki yonboshga erkin tushirilgan. Nafas olinganda, badan bilan 12-15 darajali burchak hosil qilgunga qadar, qo‘llar ohista orqaga harakatlantiriladi; shu vaqtning o‘zida, shoshilmay, bemor oyoqlari uchida biroz ko‘tarilib, iloji boricha qornini ichiga tortib, o‘sha vaqtdayoq ko‘kragini shishiradi. Nafas chiqarilganda esa, ohista boshlang‘ich holatga qaytariladi.
Rajabboy MASHARIPOV, tibbiyot fanlari doktori, professor.
«Sihat salomatlik» gazetasi.
Burundagi yallig’lanish alomatlarini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Otrivindir.
Otrivin bu – burun bo’shlig’iga purkaydigan tomirlar toraytiruvchi dori vositasi (sprey va tomchi shaklida mavjud)
1 ml Eritma tarkibida: faol modda: ksilometazolin gidroxloridi 1 mg. Yordamchi moddalar: natriy fosfat monobazik dihidrat, natriy fosfat ikki asosli o’n ikki suvli, natriy xlorid, dinatriy edetat, benzalkonium xlorid, metilgidroksipropil tsellyuloza 4000 mPa.S, sorbitol 70%.tozalangan suv
Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi —https://apteka.uz/uz/product/otrivin
Nafas yo’li yallig’lanishida keng qo’llaniladigan boshqa preparatlar: Ksilometazolin,Rinostop,Galazolin,Nosilin,Rinokta,Ksilofakt va hk.
*Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Burundagi yallig’lanish alomatlarini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Otrivindir.
Otrivin bu – burun bo’shlig’iga purkaydigan tomirlar toraytiruvchi dori vositasi (sprey va tomchi shaklida mavjud)
1 ml Eritma tarkibida: faol modda: ksilometazolin gidroxloridi 1 mg. Yordamchi moddalar: natriy fosfat monobazik dihidrat, natriy fosfat ikki asosli o’n ikki suvli, natriy xlorid, dinatriy edetat, benzalkonium xlorid, metilgidroksipropil tsellyuloza 4000 mPa.S, sorbitol 70%.tozalangan suv
Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi —https://apteka.uz/uz/product/otrivin
Nafas yo’li yallig’lanishida keng qo’llaniladigan boshqa preparatlar: Ksilometazolin,Rinostop,Galazolin,Nosilin,Rinokta,Ksilofakt va hk.
*Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Kasalliklar
Adenoid va ularni davolash usullari