ADELAIDA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ADELAIDA haqida malumot bilib oling.

ADELAIDAAvstraliya Ittifoqining jan. dagi shahar. Jan. Avstraliya shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi shahar atrofi bilan 1,1 mln. kishi (1991). Torrens daryosi kesib oʻtadigan qurgʻoqchil sertepa joyda. 1836-y. da bunyod etilgan. Adelaida — mamlakatning eng yirik sanoat markazi va portlaridan biri. 2-jahon urushigacha Adelaidada asosan oziq-ovqat sanoati (un tortish, meva konservalash, vino sanoati), toʻqimachilik, tikuvchilik va poyabzal sanoati rivojlangan edi. Mashinasozlik, elektronika, elektrotexnika sanoatining yirik markazi. Kime, neftni qayta ishlash va kemasozlik, quvur-prokati korxonalari, un-t, rasadxona (1874), agrar in-t (1924), konservatoriya, badiiy va tabiat tarixi muzeylari, suratlar galereyasi bor.

Ensiklopediya.uz
ADELAIDA