ADAJIO haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ADAJIO haqida malumot bilib oling.

ADAJIO (ital. adagio — sekin, vazmin) — 1) musiqada — sekin surʼat, andantedan sekin, lekin largo, lentolardan jonli;

2) shu ijro us-lubida yaratilgan musiqiy asar yoki turkumli shakl qismi. Baʼzi mumtoz simfoniyalar muqaddimasi Adajio surʼatida yozilgan (I. Gaydn, V. Motsart, L. Betxoven va b.) Oʻzbekiston kompozitorlari ijodida Adajio kup uchraydi. Mas, M. Tojiyevning kamer orkestri uchun «Adajio» 3simfoniyasidagi 1-qismining boshlangʻich boʻlagi, 4simfoniyasining 4-qismi Adajio surʼatida;

3) baletda ohangdor, mayin taraluvchi musiqa joʻrligida, koʻpincha, ohista harakatlardan tuzilgan, bir yoki ikki kishilik nafis lirik raqs. Baʼzan mustaqil raqs parchasi (pa-de-dyo, pa-detrua, pa dak-syon, gran pa); Ik. Akbarovning «Orzu» baletida katta Adajio, M. Ashrafiyning «Sevgi tumori» baletida Adajio qismlari mavjud;

4) asosan muvozanatni saqlashga yordam beradigan ohista, sekinlashtirilgan mashqlardan iborat yevropacha mumtoz raqs mashgʻulotining bir qismi.

Ensiklopediya.uz
ADAJIO