Adabiyot fanidan dars ishlanma

Adabiyot fanidan dars ishlanma
adabiyot fanidan dars ishlanma 65ca84ae71619

%D0%91%D0%B5%D0%B7 %D0%BD%D0%B0%D0%B7%D0%B2%D0%B0%D0%BD%D0%B8%D1%8F 1

Adabiyot fanidan dars ishlanma

Mundarija скрыть
Adabiyot fanidan dars ishlanma
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Adabiyot fanidan dars ishlanma
  Sinf: 5        Fan: adabiyot           Dars — muqaddas
      Mavzu:
O`tkir Hoshimovning “Dunyoning  ishlari” qissasidan  berilgan parchani  o`rganish
Maqsad  va
vazifalar
Maqsad:
1.Ta’limiy: O`tkir Hoshimovning “Dunyoning  ishlari” qissasidagi  hikoyalarni o`rganish, hikoyalar matni  ustida  ishlash.
  2.Tarbiyaviy: o’quvchilarning e’tiborini  onaga bo`lgan mehr hissiga qaratish, insonni avaylashga o`rgatish. O`quvchilarni  badiiy  ijodga  muhabbat  ruhida  tarbiyalash;
3.Rivojlantiruvchi: og’zaki va yozma nutqni, aktyorlik mahoratini  hamda  eng  ezgu insoniy fazilatlarni  rivojlantirish.
Vazifalar: o`quvchilarda  mavzuga  nisbatan qiziqish uyg`otish,ularda mavzu asosida  bilim va ko`nikmalarni shakllantirish.Mustaqil ishlashga undash.
Mavzuga  oid berilgan topshiriqlar qay darajada bajarilganini nazorat qilish va ularning  bilimini  baholash.
Shakllantiriladigan  kompetensiyalar: kommunikativ, axborot bilan ishlash, umummadaniy, adabiy bilimlarni amaliyotda qo`llash kompetensiyalari
O`quv  jarayonining mazmuni
O`tkir Hoshimovning  “Dunyoning  ishlari” asaridan  berilgan  hikoyalarini o`rganish va  tahlil qilish
O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
Dars turi: bilm, ko`nikma, malaka va layoqat hosil qiluvchi
Dars uslubi: aralash
Dars usuli: noan’anaviy:”Tilsim”,”Rolli o`yinlar”, “Sirli sandiq” , “Assisiment”
Dars shakli: individual va kichik guruhlarda ishlash.
Dars jihozi: darslik, elektron darslik,  videoproyektor, kompyuter, ekran, slayd tushirilgan disk, audiomatnlar,  rag’bat kartochkalari, adib surati va asarlari.
Nazorat: og’zaki nazorat va savol-javob.
Baholash: 5 balli tizim asosida.
Kutiladigan
natija
O`qituvchi:
Mavzuning qisqa vaqt davomida barcha o`quvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishadi. O`quvchi faolligini oshiradi.Fanga nisbatan qiziqish uyg`otadi.Bir darsda barcha o`quvchi baholanadi. O`quvchilarni  mavzuni mustaqil o`rganishga, xotirada saqlashga undaydi.Oldiga qo`yilgan muammolarni yechishga o`rgatadi.
O`quvchi:
Yangi bilimlarni tezlik bilan egallaydi. Mustaqil ijodiy ishlashni o`rganadi va nutqi rivojlanadi. O`z-o`zini nazorat qiladi. Savollar ustida ishlaydi. Qisqa vaqt ichida ko’p ma’lumotga ega bo`ladi.
 
Kelgusidagi
rejalar
O`qituvchi:
Pedagogik texnologiyalarni o’zlashtiradi,  yangi metod va usullarni tatbiq etadi. O’z ustida ishlashga undaydi. Pedagogik  mahoratini oshiradi.
O`quvchi:
Mavzu yuzasidan qo`shimcha ma’lumotlar to`playdi. O`z fikrini ravon bayon qilishga harakat qiladi. Xulosa chiqarish malakasi oshadi.Asarning to`liq matnini o`qib chiqishga intiladi.
                                           Darsning  blok-chizmasi:
T/r
Dars bosqichlari
Reglament
Jami
1
Tashkiliy qism: “Ma’naviyat ”daqiqasi
3
45 daqiqa
2
          O’tilgan mavzularni  takrorlash:
“Tilsim” bilan ishlash
10
3
Yangi mavzu  bayoni:
a)     slayd namoyishi;
b)    “Rolli o`yinlar” (sahna)
c)     “O`yla,izla,top!”(lug’at bilan ishlash)
20
4
Mustahkamlash
a)”Sirli sandiq” (savol-javob)
b) “Topqirlik bahsi”
d) “Onaga  ehtirom”
10
5
Dars yakuni:  baholash va uyga vazifa
2
Darsning  borishi:
I .Tashkiliy qism:  salomlashish, davomatni aniqlash.
O`qituvchi:  (“O`. Hoshimovning “Daftar  hoshiyasidagi bitiklar” kitobidan)
     Odamzod nima uchun  kaftdek  hovlisiga gul ekadi? Undan ko`ra sholg’om eksa, qozoniga  tushadi-ku!
    Odamzod  nima  uchun  kitob  o`qiyotib, suyukli  qahramoni  o`lib  qolsa yig’laydi? Uni yozuvchi  ichidan  to`qib  chiqarganini  biladi-ku!
    Odamzod nima  uchun  o`zga  yurtlarga  borib  behisob  mol-dunyo  orttirsa-yu, ittifoqo bolaligi  kechgan  kulbasi  tushiga  kirib  qolsa, tuni  bilan  yig’lab  chiqadi? Axir  u  shohona  qasrda  yashaydi-ku!
    Odamzod  nima  uchun  bolasining  boshida  alla aytadi? Go`dak  alla  eshitmasa  uxlamaydimi?
    Gap  shundaki, Odamzodni  hayvonotdan  ajratib  turadigan  chegara  bor. Bu  chegaraning  nomi  Ma’naviyat  deb  ataladi!
  Qadrli o`quvchilarim! Sizning  ana  shunday  yuksak  ma’naviyat sohibi bo`lishingizni  tilab ,bugungi  darsimizni  boshlayman!
Dars  shiori:   Ona- bitta! Vatan- yagona !    (O`tkir Hoshimov)
Sinf o`quvchilari  3 guruhga bo`linadi hamda  I guruh “Mehr”, II guruh “Muruvvat”, III guruh “Oqibat” deb  nomlanadi. O`quvchilarning dars                                                                                                                                  davomidagi  ishtiroki “Ofarin”,” Barakalla ”, “ Intiling ” kartochkalari  yordamida  baholab  boriladi.
  1. O’tilgan mavzuni takrorlash.
  O`tilgan mavzuni takrorlash  “Tilsim” ko`rgazmasi orqali amalga oshiriladi.
   O`qituvchi: “TILSIM“  ko`rgazmasi  umumiy o`rta ta’limning  DTS  talablari   bilan  belgilab  berilgan  adabiyot  ta’limidan  ko`zlangan  maqsadni  amalga  oshiradi. Adabiyot  olamidagi  har  bir  adib  ijodi — misoli  tilsim. Bu tilsim  sehrini  ochish  uchun  siz  shu adib  haqida  to`liq  ma’lumotga  ega  bo`lishingiz, uning  mashhur  asarlarini bilishingiz  lozim.
     Aziz o`quvchilar!  Ko’rgazmamizning  pastki  qismida  arxiv-uyachalar bo’lib, unda  bir nechta shoir va  yozuvchining tug’ilgan yili, joyi, ilk asari, ish faoliyati, asarlari, mukofotlari, eng mashshur  asari, vafot etgan  sanasi aks etgan tarqatmalar aralash holda joylashtirilgan. Siz o`rganayotgan sevimli adibimiz ijodiga oid ma’lumotlarni arxiv-uyachalardan olib, ko`rgazmaning  asosiy  qismiga joylashtirishingiz kerak bo`ladi.
Guruhlar  baholab olingach,  o’qituvchi  yangi  mavzuni  e’lon  qiladi.
III. Mavzu  jarayoni:
   O’quvchilarga  O’tkir  Hoshimov  hayoti  va  ijodi, «Dunyoning  ishlari” qissasini o`rganish bo’yicha  tayyorlangan  slayd  namoyish  etiladi.
 (Magnitofon  orqali mumtoz  musiqa  yangrab  turadi)
O`qituvchi  internetdan olingan ma’lumotlar  asosida  mavzuni tushuntiradi:
       O‘tkir Hoshimov 1982-yilda go‘zal asarni — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Oybek mukofoti bilan taqdirlangan «Dunyoning  ishlari» qissasini yaratib, ma’naviyat haqidagi bahsni davom ettirdi.
    «Dunyoning ishlari» qissasi  eng ezgu, eng  samimiy  tuyg’ular haqida , eng e’zozli zot- ona to`g’risida hikoya  qiladi. Ona insonga  hayot  beradi, yuvib taraydi, tarbiyalaydi. Ona uchun eng to`tiyo  narsa, o`g’ilmi-qizmi, uning farzandi. O`tkir Hoshimovning bu asari mustaqil sujetli  hikoyalardan tashkil topgan.Undagi “Gilam paypoq”, “Tush”, “Alla”, “Oltin baldoq”, “O`ris bolaning oyisi”,”Oq marmar, qora marmar”, “Iltijo” kabi  hikoyalar kishini  befarq  qoldirmaydi, ularda o`g’li uchun har qanday  mashaqqatga, jon fido  etishga tayyor, sharqona axloq-odob  qoidalarini o`zida mujassam  etgan Ona madh etiladi.Barcha  hikoyalar mazmuni ona timsoli  tufayli yaxlitlik kasb etadi.Asar ortiqcha tafsilotlar, jimjimadorlikdan xoli.Shu sabab ham katta qiziqish va hayajon bilan o`qiladi. Bu qissa O`zbekiston Qahramoni Said Ahmad aytganidek,”…dostondek o`qiladi. Uni o`qib o`z  onalarimizni o`ylab ketamiz…”
O`tgan  darsimizda  qissadagi hikoyalarni o`qish va sahnalashtirishni  vazifa  qilib bergan edik. Bugun  siz  bilan “Alla”, “Qarz”, “Gilam paypoq”, “Iltijo”  hikoyalari  haqida  gaplashamiz .
     Asardagi “Alla” deb nomlangan  bob nihoyatda  ta’sirchanligi  bilan kishini  rom etadi. Alla inson bolasi hayotda  tinglaydigan ilk  qo`shiq, u vujudimizga  ona  suti  bilan  singgan  va  umrbod  unutilmasdir.Yozuvchi  bu  ezgu  qo`shiqni  ilohiy  kuchga  ega  bo`lgan, ko`ngilni eritadigan ohang  sifatida  ta’riflaydi. Ushbu  bobni hayajonsiz, entikmasdan  o`qish qiyin.
  Proyektor  orqali “Alla” qo`shig’i hamda alla haqidagi videolavha o`quvchilar e’tiboriga  havola  etiladi.
   Shundan so’ng  “Gilam paypoq” hikoyasining audiomatni eshittiriladi.
 “Rolli  o`yinlar” usuli asosida  I guruh  “Qarz”, II guruh  “Gilam paypoq”, III guruh esa “Iltijo”  hikoyalarini  sahnalashtirib  ko’rsatadi.
O’quvchilar sahna ko’rinishini  ijro  etgandan  so’ng   ularning mazmunini  yoritib  beradi.
  I guruh: “Qarz” hikoyasida  qissaning bosh qahramoni  Hakima  ayaning insoniy  fazilati qalamga  olingan.Hakima aya kamtargina nafaqasini ham qo`shni farzandlar  xursandchiligiga  sarflaydi. O`tgan yili  ularga  tufli  olib  bergan  bo`lsa, bu yil uch  oyoqli  velosiped, ko`ylak  sovg’a  qiladi. O`g’illariga  esa “qarz  oluvdim, qarzimni  uzyapman” deb bahona  qiladi. Hikoya oxirida  o`g’il  onasining  nega  bunday  qilganini anglab  yetadi va chuqur  o`yga  cho`madi.
II guruh“Gilam paypoq” hikoyasida ona o`z jigarbandini kasallik  xavfidan  tezroq xalos  qilish  uchun hatto  jonini  berishga  ham  tayyor. Ona qattiq  shamollagan  o`g’ilchasini “Voy, endi  nima  qilaman! Voy, bolam  o`lib qoladi!” degan tahlika  bilan  halloslagancha tabib Hoji  buvining uyiga  yuguradi.Bola  darddan  biroz  yengil  tortgach, o`z  sog’lig’ini xavf  ostiga  qo`ygani- oyog’ini  sovuqqa  oldirgani ma’lum bo`ladi. Shu  sabab ham o`g’il har  yili  onasiga gilam  paypoq  sovg’a qiladi.
III guruh: Qissaning  “Iltijo” bobida ham  insonning  ona  oldidagi  farzandlik  burchi hech qachon  to`lab  bo`lmas qarz  ekani nihoyatda  ta’sirchan ifodalangan.Chunki onalarimizning  hayotdagi  o`rni  beiyos. Ular bizni  dunyoga  keltiradi, oq sut  berib  boqadi, uzoq tunlar beshigimizni tebratib, atrofimizda  parvona  bo`ladi, parvarishlab  voyaga yetkazadi. Buni teran  idrok etgan yozuvchi  onani  qo`msash, uning beqiyos  mehri  oldidagi qarzdorlik  tuyg’ularini g’oyat  samimiy  tasvirlay olgan.
“O`yla, izla, top!” usuli  orqali o`quvchilarning  adabiyot  daftarlariga  darslikdagi  lug’at  so`zlar yozdiriladi.  O`quvchilar  bu  so`zlarning  ma’nolarini  yozishlari  kerak bo`ladi.  Shundan  so`ng  lug’at so`zlar ma’nolari  elektron doskada   aks ettiriladi  va o`quvchilar  o`z-o`zini  baholash asosida tekshiradilar.
Lug`at bilan ishlash:
Tancha                —        sandal
Kavshandoz        —        uyning oyoq kiyim yechib kiriladigan joy
Kuchala                —         terak, tolning to`p guli
Qimiz                    —         ot sutidan tayyorlanadigan ichimlik
Namat                   —         yungdan  bosib  ishlangan palos, kigiz
  1. Mustahkamlash
Mavzuni  mustahkamlash uchun adabiyot darsligidagi savol-topshiriqlar  yuzasidan “Sirli sandiq” o`yini  o’tkaziladi.Har  bir  guruhdan  navbat  bilan ikkitadan ishtirokchi  chiqib, sandiqchadan  savolni oladi va  unga  javob beradi.
Agar o`quvchi javob berolmay qolsa, o`z guruhidan yordam olishi mumkin. 
  1. “Gilam paypoq” hikoyasida onaning bolasiga fidoyiligi nimalarda ko`rinadi?
2.Iltijo deganda nimani tushanasiz?             
3.“Qarz” bobi so`ngida qo`shnining qizchasi Nilufar  bilan  suhbat  chog’ida nega  adibning qo`lidan konfetlar  tushib  ketdi?
4.“Haqqush” hikoyasida noahil aka-ukalar qanday  jazoga tortildi?
5.“Alla” bobidagi ona allasining  nima sababdan barcha uchun  tushunarli ekanligini  sharhlang.
6.Asarda tasvirlangan ona timsoli bilan  barchamizning onalarimiz o`rtasida qanday  o`xshashliklarni ko`ramiz?
T/r
Berilgan  gaplar
Hikoya nomi
1
Vahima qilmang, poshsha, dardini bergan xudo davosiniyam beradi.
“Gilam paypoq”
2
…Onalar farzandlari hamisha birga bo`lishini istaydilar.
“Haqqush”
3
Bahoga uch oyoqli velosiped, Baxtiga kuylak…
“Qarz”
4
Negadir shu ohang bilan qalbimga orom kirganday bo`ldi-yu, o`z-o`zidan ko`zlarim yumilib keta boshladi.
“Alla”
5
Ertalab-chi, oyi, yomg’ir yog’di.
“Iltijo”
Navbatdagi mashqimiz  Topqirlik bahsi“ deb nomlanadi. Bunda oquvchilar  ekranda   aks  etgan  quyidagi  gaplar  qaysi hikoyaga tegishli ekanligini aniqlaydilar.  
      Yakuniy  bosqich  “ONAGA EHTIROM” deb nomlanadi.
O`qituvchi: Ona farzandi uchun  hamma narsaga,hatto  jonini qurbon  qilishga  ham tayyor. Shuning  uchun  bo`lsa kerak, ona  haqida  behisob  she’rlar  to`qilgan, dostonlar, yirik asarlar bitilgan.Kichik  maqollardan  tortib muqaddas  hadislarimizgacha ona madh etiladi, e’zozlanadi.
Bu bosqichda har bir guruh a’zolari  “Onaga ehtirom” mavzusida taqdimot o`tkazishadi. 1-guruh ona  haqida  she’r  o`qiydi, 2-guruh maqol va hikmatlardan yod aytadi, 3-guruh esa ona haqida matn  tuzadi.
1-guruh: “Onajon” she’ri  (Madina Xoliqova)
Izladim dunyodan   mehr-oqibat,
Topmadim  sizdan-da  bir  bag’ri  kuyuk.
Onajon,  izladim,  lek  topolmadim,
Sizdan-da   ulug’  zot,  sizdan-da   buyuk …
Kerak  emas  menga  hech  narsa,
Siz  baxtim,  borlig’im,davlatim onam.
Hatto  chumoliga  ozor  bermagan,
Oyog’i  ostida  jannatim  onam!
2-guruh: Hikmatlar
  • Ona bilan bola, gul bilan     (maqol) 
  • Onalarning oyog’i ostidadur
Ravzai jannati jinon bog’i.
Ravza bog’in visolin istar esang,
Bo`l onaning oyog’in tufrog’i…     (A.Navoiy) 
3-guruh: ONA  MEHRI   (Matn)
     Ona. Mehri quyoshga teng  ona. O`z  shafqati, nuri  bilan bolaga  qalb  bergan, sevgi  baxsh  etgan- ona! Uning  inoyat  qilgan  yuragi va  muhabbati  eng  avval , onaning o`ziga  qaratilib, bola uni  sevdi, ardoqladi…
    Ona – murabbiya. U  kelajakka  zo`r  ishonch  bilan  qaraydi. Ona po`lat  iroda  sohibi: bolasi  yo`lida hamma qiyinchiliklarni  yengadi. Uning madhi  hamisha  kuylarda.
(Guruh a’zolari matnni  tuzib,   ketma ketlikda gaplarni o`qiydilar. Bu topshiriq orqali o`quvchilarda  kommunikativ  hamda adabiy bilimlarni amaliyotda  qo`llash kompetensiyalari shakllantiriladi).
   O`qituvchi: Darhaqiqat, «Dunyoning ishlari»  qissasini o`qiganda qalbimizni ikki  xil  iliq his  chulg’aydi —  u ham  bo`lsa, o`z  onamizga  va  umuman,  onalarga  bo`lgan mehr hissi. Zero, adibning o`zi  e’tirof  etganidek, asar uning  o`z onasi  haqida  emas, “…umuman, o`zbek ayoli haqida va  umuman  onalar  to`g’risida”.Qissada bir-biridan qiziqarli  voqealar  juda  ko`p. Shu tufayli  sizga  bu asarni  to`liq  o`qib  chiqishni maslahat  beraman.
     Yurtboshimiz tashabbuslari  bilan    2016-yil –  “Sog’lom ona va bola yili” deb e’lon qilindi. Har  bir  ona jondan  aziz farzandining  baxtini, kamolini  o`ylab, hamisha ezgu  orzu-intilishlar bilan  yashaydi. Yurtboshimiz shunday deydilar: ”Yer  yuzida hayot paydo  bo`libdiki, odamzod  mo`tabar  ona  siymosi  oldida  hamisha  ta’zim  qiladi. Eng muhimi, ona va bola sog’lom bo`lsa, oila baxtli, oila baxtli bo`lsa, jamiyat mustahkam bo`ladi”. Jamiyatimizda ona va bolaga berilayotgan imkoniyatlar, yaratilayotgan shart-sharoitlarning poyoni yo`q. Onalarimiz — bizning baxtimiz. Ularni faqatgina tilimizda emas, chin dilimizdan e’zozlaylik. Purma’no o`gitlariga amal qilib, baxt manzili  tomon  dadil odimlaylik. Biz onalarimizni ezgu ishlarimiz, muvaffaqiyatlarimiz, a’lo o`qishimiz va namunali xulqimiz bilan baxtiyor  qilaylik. Zero, bu bizning chin farzandlik burchimizdir.
Baholash uchun  o’quvchilarning darsdagi ishtiroki  inobatga olinadi va har bir guruhning  hamda  ishtirokchining  bali  e’lon qilinadi.
Uyga vazifa:  O’tkir  Hoshimov  ijodiga mansub “Dunyoning ishlari” qissasidagi hikoyalar mazmunini o’rganish.  “Mening  onam  hammadan  yaxshi”  mavzusida  ijodiy ish yozish.

Adabiyot fanidan dars ishlanma