ACHITQIDOSHLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ACHITQIDOSHLAR haqida malumot bilib oling.

ACHITQIDOSHLAR, turushdoshlar (Saccharomycetaceae) — xaltachalilar sinfining bir hujayrali zamburugʻlar oilasi. Koʻpchiligi kurtaklanib, ayrimlari boʻlinib urchiydi. Maʼlum sharoitda ularda sporali xaltachalar yuzaga keladi. Hujayralari juda mayda, faqat mikroskop yordamida koʻrish mumkin, anaerob sharoitda qand moddalarining spirtli achishiga sabab boʻladi, bunda qand moddalari etil spirt bilan karbonat angidridga ajraladi. Achitqidoshlar qadimdan xamir, pivo, vino (may) va spirt tayyorlashda qoʻllanib kelingan. Oqsil, yogʻ va turli vitaminlarga boy boʻlganligidan oziq-ovqat va farmatsevtika sanoatida foydalaniladi.

Ensiklopediya.uz
ACHITQIDOSHLAR