ACHINLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ACHINLAR haqida malumot bilib oling.

ACHINLAR, ache — Indoneziyadagi xalq, Sumatra o. ning shim. da, oʻtmishda Ache sultonligi mavjud boʻlgan mintaqada yashaydi. Aholisi 1,7 mln. kishi (1992). Indonez til guruhiga oid achin tilida soʻzlashadi. Islom diniga eʼtiqod qiladi. Asosiy mashgʻulotlari — dehqonchilik (sholikorlik, qora murch, kokos, kauchuk va b.); hunarmandchilik — toʻqimachilik, boʻyra toʻqish va b., metallni qayta ishlash, qayiqsozlik. Achinlar oʻziga xos boy adabiyotga ega.

Ensiklopediya.uz
ACHINLAR