ACHCHIQGARVUZ haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ACHCHIQGARVUZ haqida malumot bilib oling.

ACHCHIQGARVUZ (Citrulius colocynthis) – qovoqdoshlar oilasiga mansub ilashib oʻsuvchi bir yillik oʻsimlik. Palagining uz. 1 — 2 m. Barglari uchburchak shaklida, boʻyi 5 — 8, eni 4 — 5 sm. Gullari bir jinsli. Mevasi dumaloq, achchiq, diametri 7—12 sm, dastlab och yashil, pishishiga yaqin sargʻish va qoramtir boʻladi. Achchiqgarvuz avg. —sent. da gullab, okt. —noyab. da hosil beradi. Oʻzbekistonda dorivor oʻsimlik sifatida ekiladi. Vatani — Shim.Sharqiy Afrika. Mevasining tarkibida glyukozid bor. A. ning mevasidan surgi sifatida foydalaniladi.

Ensiklopediya.uz
ACHCHIQGARVUZ