Abzalov Rem Abzalovich Tarjimai hol haqida malumot
Tarjimai hol
Rem Abzalovich Abzalov — mayor, Sovet Ittifoqi qahramoni (1945).
Tarjimai xol
1914 yil 28 iyun kuni Toshkent shahrida ishchi oilasida (boshqa ma’lumotlarga ko‘ra Tatarston Respublikasi Baltayevo Apastovskiy tumani O‘rta qishlog‘ida dehqonlar oilasida) tavallud topgan. Millati tatar. Boshlang‘ich ma’lumotni madrasada olgan, bir vaqtning o‘zida xo‘jalikda ishlagan. So‘ngra Tatarstonning poytaxti Qozon shahriga ko‘chib o‘tgan. Ishchilar fakultetida o‘qigan. Zavodda ishchi bo‘lib ishlagan. 1936 yil kasaba uyushmasi harakatining viloyat maktabi kurslarini tamomlagan.
1930 yillar Qizil Armiya safiga qabul qilingan. 1939-1940 yillar Sovet-fin urushi qatnashchisi. Demobilizatsiyadan so‘ng Qozon aviatsiya zavodida (hozirgi Gorbunov nomidagi aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi) zavod qo‘mita raisi bo‘lib ishlagan. 1941 yil HKP/SIKP (harbiy kommunistik partiya/sovet ittifoqi kommunistik partiyasi) a’zosi bo‘lgan.
Armiyaga ikkinchi marotaba 1942 yil qabul qilingan. Siyosiy birlashma kurslarini tamomlagan. 1942 yildan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Ukraina, Ruminiya, Bolgariya, Yugoslaviya va Vengriya chegaralarida urushda qatnashgan. Dunay daryosini bosib olishda e’tiborga tushgan.
1944 yil 1 dekabr 116-gvardiya miltiq qo‘shiniga qo‘mondonlik qilarkan, katta leytenant Rem Abzalov vengriyaning Paksh shahri g‘arbidagi Dunapatay qishlog‘i yaqinida Dunayga jang boshlaydi. Rota platsdarmani qo‘lga kiritishda 100 nafar soldatni tor-mor etib, 145 nafar g‘anim soldat va ofitserni qo‘lga olishgan.
SSR Oliy kengashi Rayosatining qarori bilan 1945 yil 24 martdan nemis-fashist bosqinchilari bilan bo‘lib o‘tgan front qo‘mondonligida harbiy topshiriqlarni namunaviy bajarganligi va shu bilan birga ko‘rsatgan jasorat va qahramonliklari uchun gvardiya katta leytenanti Abzalov Rem Abzalovichga Sovet Ittifoqi Qahramoni, Lenin unvoni hamda “Oltin yulduz” medali topishirlgan.
Qahramon urushni miltiq bataloni qo‘mondoni bo‘lib yakunlagan.
Urushdan so‘ng R.A.Abzalov xizmatni SSSR Qurolli kuchlarida davom ettirgan. 1946 yil u “O‘q uzish” kurslarini tamomlagan. Turkmaniston harbiy okrugi qo‘shini qo‘mondoni bo‘lgan. 1950-1960 yillar Toshkent shahri harbiy komissari bo‘lgan. Mayor unvoni bilan nafaqaga ketgan.
O‘zbekiston poytaxti Toshkentda yashagan. 1983 yil 7 fevralda vafot etgan. Toshkentdagi Harbiy Qahramonlar qabriston hiyoboniga dafn qilingan.
Arboblar
ABZALOV Rem Abzalovich
manba:arboblar.uz