ABULBAQO ibn BAHOUDDIN haqida malumot bilib oling.
ABULBAQO ibn BAHOUDDIN (16a. 1-yarmi — 17-a. 1 – choragi) — tarixchi. Xoja Ahmad ibn Jaloluddin Kosoniy (Maxdumi aʼzam)ning nabirasi boʻlib, Abdulazizxon (1540—49) saroyida kichik davlat lavozimi (hukmgir)da turgan. U bobosiga atab «Jomeʼ ul-maqomoti Maxdumi aʼzam» («Maxdumi aʼzam maqomotining majmui») kitobini yozgan (1617). Bu asarda Maxdumi aʼzamning hayotiga oid maʼlumotlardan tashqari, Movarounnahrning 16-a. birinchi yarmidagi iqtisodiy va siyosiy ahvoli hamda shayboniylar bilan Eron oʻrtasidagi munosabatlarga oid kimmatli maʼlumotlar bor.
Ensiklopediya.uz
ABULBAQO ibn BAHOUDDIN