ABU UBAYDULLO haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ABU UBAYDULLO haqida malumot bilib oling.

ABU UBAYDULLO Muhammad ibn Sultonxoʻja (Eshonxoʻja Qori Toshkandiy) (1804—?) — tarixchi. Qoʻqon xonligining Toshkentdagi noibi huzurida mirzo va boj yigʻuvchi vazifalarida ishlagan (1860-y. gacha). U «Xulosat ulahvol» («Ahvollar xulosasi») kitobini yozgan. Unda Qoʻqon xonligining 19-a. 2-yarmiga doir tarixi yoritilgan.

Ensiklopediya.uz
ABU UBAYDULLO