Abu Salama Abdulloh ibn Abdul Asad to’liq malumot oling
Abdulloh ibn Abdul Asad (arab:أبو سلمة عبد الله بن عبد الأسد) — Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning xolavachchalari edi. U ko‘proq Abu Salama nomi bilan ham mashhurdir.
Mundarija
скрыть
Uning onasi Barroh binti Abdulmuttalib Payg‘ambarimizning xolalaridan biri hisoblanadi. Otasi Abdul Asad Qurayshning Banu Maxzum oilasidan edi. Uning yana Abu Sufyon bin Abdul Asad nomli akasi ham bo‘lgan.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning tug‘ilishlarida doyalik qilgan Abu Lahabning cho‘risi bo‘lmish Suvayba, Abu Salamaga ham doyalik qilgan. Shuning uchun bo‘lsa kerak ular orasida juda iliq munosabat mavjud edi.
Abu Salama va ayoli Hind (Ummu Salama) Iymon keltirgan ilk musulmonlardan (as-sabiqun al-avvalun) hisoblanishadi. Ummu Salama esa Islomga kirgan ilk ayollardandir.
Iymonga kelganlaridan so‘ng ko‘p musulmonlar qatori Abu Salama va ayoliga nisbatan Quraysh mushriklari tomonidan qattiq zulm o‘tkaziladi. Bora bora bu tazyiqlar haddan ziyoda bo‘lib, toqat qilish mushkul bo‘lib qolganda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sahobalarga Habashistonga hijrat qilishga izn beradilar. Natijada Abu Salama va Hind ko‘pchilik musulmonlar qatori kichik-kichik guruhlarga bo‘lingan holda safarga chiqishadi. Jami 80 ga yaqin musulmonlar Habashistonga hijrat qilishadi.
Bu birinchi hijrat bo‘lib u bilan ikkinchisi orasida 9 yil farq bordir.
Bir qancha muddat u yerda istiqomat qilishgach, Habashistonga Makkada barcha musulmon bo‘ldi degan mish-mishlar yetib kela boshlaydi va ko‘pchilik musulmonlar qatori ular ham ortga – Makkaga qaytishga qaror qilishadi. Qaytib kelishgach, bu gaplar asossiz ekanligini – Quraysh hanuz musulmonlarga dushmanlik toshlarini otayotganligini bilishadi. Shuning uchun shaharga kirish maqsadida o‘z urug‘doshlaridan Qurayshning ta’qibidan himoyaga olishni so‘rashga majbur bo‘lishadi.
Abu Salama va Ummu Salama Makka shahriga o‘z amakilari – Abu Tolib ibn Abdulmuttalibning himoyasi ostida kirib kelishadi. Biroq Qurayshning zug‘umlari yana yangi kuch bilan avj oladi va ko‘pchilik musulmonlar yana ortga — Habashistonga hijrat qilib qaytib ketishga majbur bo‘lishadi. Abu Salama va ayoli ham Madina hijratidan 6 yil burun, Habashistonga qaytib ketishga majbur bo‘lishadi.
Bir qancha vaqt istiqomat qilishgach, Abu Salamaning oilasi yana ortga qaytib kelishadi. Bu orada Makka shahridagi musulmonlar Yasribga (Madina) hijrat qilishga tayorgarlik ko‘rishayotgan edi. Bu Safar Madina shahriga Abu Salamaning yakka o‘zi hijrat qilishiga to‘g‘ri keladi, chunki ayoli Ummu Salamani Makka shahrida Abdullohning urug‘doshlari majburan tutqun qilgan holda ushlab qolishadi. Ummu Salamadan uning o‘g‘li Salama bin Abdullohni ham tortib oladilar. Taxminan bir yillardan keyin Ummu Salama va o‘g‘li Salama bir amallab Madina shahriga hijrat qilishga muvaffaq bo‘lishadi. Biroq ketish chog‘ida chiqqan tortishuv va janjalda yosh Salamaning yelkasi chiqib ketadi. Bu nogironlik umrining ohirigacha tuzalmaydi.
Abu Salama kechgan Badr jangida qahramonlarcha jang qiladi. Bir yildan so‘ng – hijratning 3-yilida kechgan Uhud jangida ham juda jonbozlik ko‘rsatadi va kamondan yaralaydi. Kelasi yili xuddi shu jarohati tufayli shahid bo‘ladi. Natijada Hind yosh bolalari bilan beva qoladi.
Bir qancha muddatdan so‘ng Hindga Abu Bakr va Umar r.a. tomonida sovchi yuboriladi ammo Ummu Salama ularga rad javobini beradi. Shavvol oyida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam unga sovchi qo‘yadilar va o‘z nikohlariga oladilar. Shunday qilib Hind ham mo‘minlar onasi (Ummul mu’minin) martabasiga erishadi.
Abu Salama va Hindning nikohidan 4 farzand qoladi – Umar bin Abdulloh, Salama bin Abdulloh, Durra binti Abdulloh, Zaynab binti Abdulloh.
Keyinchalik Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Salamani amakilari bo‘lmish Hamza r.a. qizi Umomaga uylantirib qo‘yadilar.
Salama Umaviylari xalifasi Abdulmalik bin Marvonning hukmronlik paytida vafot topadi.
Biografiya
Abu Salama Abdulloh ibn Abdul Asad