Abu Said al-Xudriy to’liq malumot oling

Abu Said al-Xudriy to’liq malumot oling

To‘liq ismi Sa’d ibn Molik ibn Sinon ibn Ubayd, kunyasi Abu Said Xudriy. Od Adiy ibn Najjor qabilasidan. Otasi Molik Madinada Islom yoyila boshlagan pallalarda musulmon bo‘lgan edi.
Mundarija скрыть

Abu Said Madinadagi Masjidi Nabaviy qurilishida qatnashdi. Hali yosh bo‘lgani uchun Badr safariga bormagan bo‘lsa-da, o‘n uch yoshida Uhudda otasi bilan ishtirok etdi. Otasi Molik shahid bo‘ldi. Shundan keyin oilani boqish Abu Saidning zimmasiga tushdi. Oilada tanglik yuzaga kelgach, xonadon ayollari: «Rasulullohga (sollallohu alayhi va sallam) bor, u kishidan sen ham bir narsalar so‘ra, hamma so‘rayapti-ku», deyishdi. Abu Said oldiniga bu gaplarga quloq solmasa-da, ahvol og‘irlashgach, majbur bo‘lib, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) huzurlariga yo‘l oldi va u zot xutba o‘qiyotganlari ustidan chiqdi: «Odamlardan behojat bo‘lgan va nomusini himoya etganlarni Alloh olamlardan behojat qiladi». Bu so‘zlarni eshitib, indamasdan ortiga qaytdi.

Keyin yuz bergan voqealar haqida Abu Saidning o‘zi bunday hikoya qiladi: «Rasuli akramdan (sollallohu alayhi va sallam) hech nima so‘ramay qaytganimdan so‘ng, Alloh taolo bizga rizqimizni yetkazdi. Ishlarimiz shu qadar yurishdiki, ansor orasida bizdan boy kishi yo‘q edi».

Abu Said Bani Musta’liq va Xandaq jangida, Hudaybiya, Xaybar, Makka fathi, Tabuk muhorabasida – jami o‘n ikki g‘azotda ishtirok etdi. Hazrat Umar va hazrat Usmon davrlarida Madinada fatvo beruvchilardan biri bo‘ldi, hazrat Ali davrida bo‘lgan Nahravon jangida qatnashdi.

Abu Said Xudriy Rasulullohdan (sollallohu alayhi va sallam) har qaysisi mingdan ortiq hadis rivoyat qilgan Abu Hurayra, Abdulloh ibn Umar, Anas ibn Molik, hazrat Oysha, Abdulloh ibn Abbos, Jobir ibn Abdulloh Ansoriy bilan birga “muksirun” (eng ko‘p hadis rivoyat qilgan) nomi berilgan yetti sahobiyning biridir. Ular aytgan hadislar o‘n olti mingdan ziyod bo‘lib, shundan bir ming bir yuz yetmishtasini Abu Said rivoyat qilgan. Bulardan qirq uchtasi Buxoriy va Muslimda, yigirma oltitasi faqat Buxoriyda, elliktasi faqat Muslimda, qolganlari boshqa hadis kitoblarida keltirilgan. Bu sahobiyning rivoyatlarini Zayd ibn Sobit, Abdulloh ibn Abbos, Anas ibn Molik, Ibn Umar, Abu Qatoda, Abu Tufayl, Said ibn Musayyab, Toriq ibn Shihob, Ato, Mujohid naql qilishgan. Abu Said Rasulullohdan (sollallohu alayhi va sallam) eshitganlarini faqat ehtiyoj bo‘lganida, sunnat yanglish tatbiq etilayotganini ko‘rganidagina rivoyat qilar edi. Abu Said Xudriy kambag‘allarga, beva-bechoralarga yordam qilar, ularni uyiga olib kelib, boshpana berar va tarbiya qilardi. Lays, Sulaymon ibn Amr shular jumlasidandir.

Ashobning faqih olimlaridan bo‘lgan Abu Saidning Abdurahmon, Hamza va Said ismli farzandlari bo‘lgan. Abu Said Xudriy hijriy 74 yili sakson bir yoshda vafot etdi.

Alloh u zotdan rozi bo‘lsin!

Manbalar asosida Sodiq Nosir tayyorladi | Hidoyat.uz

Abu Said al-Xudriy

ABU SAID al-XUDRIY, to‘liq ismi Abu Said Sa’d ibn Molik al-Xazrajiy al-Ansoriy (taxminan 609-693) — sahoba. Uning otasi Molik ibn Sinon ham sahobalardan bo‘lib, Uhud jangida shahid bo‘lgan.

Abu Said al-Xudriy Rasululloh (sav) bilan birga Xandaq jangi va boshqa g‘azotlarda qatnashgan. Imom Buxoriy, imom Muslim va imom Termiziyning hadis kitoblarida uning rivoyatida 1170 ta hadis keltirilgan.

Islom ensiklopediyasidan

uzor

Faqih sahobalardan hisoblangan Abu Said al-Xudriy musulmon oilada dunyoga kelgan. Ilk musulmonlardan bo‘lmish otasi Malik Uhud jangida shahid bo‘lgan edi.

Abu Said al-Xudriy (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)dan mingdan oshiq hadis rivoyat qilgan yetti muksirun (ko‘p hadis rivoyat qilgan) sahobaning biridir. U zot Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dan bir ming bir yuz yetmish hadis rivoyat qilgan.

Abu Said Rasululloh (s.a.v.)dan eshitgan barcha narsalarini har doim ham aytavermas, ehtiyoj tug‘ilganda, sunnat noto‘g‘ri talqin etilgandagina hadis rivoyat qilar edi. U yo‘qsillar, yetimlarga doim yordam berar, ularni uyiga chorlab, holidan xabar olib turar va tarbiya qilardi.

Abu Said Madinadagi Masjidi Nabaviy qurilishida ishtirok etganlardan biridir. Bundan tashqari, uni ko‘pgina g‘azotlarda Rasululloh (s.a.v.)ning qo‘shinlari safida ko‘rish mumkin edi.

Otasi jangda halok bo‘lgach, oila tashvishlari uning bo‘yniga tushdi. U ochlikdan qiynalib, qorniga tosh bog‘lab yurganida, ayol qarindoshlari: “Rasululloh (s.a.v.)ning huzurlariga borib, biror nima so‘ra. Hammayam so‘rayapti-ku!” deyishadi. U avvaliga bunga ko‘nmaydi. Keyin Rasululloh (s.a.v.)ning oldilariga borganda, u kishidan shunday xitobni eshitadi: “Behojatlik ko‘rsatib, o‘z sharafini asragan insonlarni Alloh dunyodan behojat qilar”. Buni eshitgan Abu Said ortiga qaytadi. Shundan keyin nimalar yuz berganini o‘zi aytib bergan: “Rasuli akram (s.a.v.)dan hech narsa so‘ramay qaytganimdan so‘ng, Alloh bizning rizqimizni butun qildi. Ishimiz shu qadar yo‘lga tushib ketdiki, ansorlar ichida bizdan badavlat odam yo‘q edi”.

Abu Said hijriy 74 yili 81 yoshida vafot etgan. U kishidan Abdurrahmon, Hamza va Said ismli uch farzand qolgan.

Alloh rozi bo‘lsin!

«Irfon taqvimi»dan

Biografiya
Abu Said al-Xudriy