Abu Rayhon Beruniy hikmatlari
Odamgarchiligi bor mard kishi o‘zidan va o‘ziniki ekanligiga hech kim tortishib o‘tirmaydigan narsadan boshqasiga egalik qilmaydi. * * * Ne’matning qadri u yo‘qolgandagina bilinadi. * * * Odamlarning tuban darajalisi ham o‘zidan tubanroq bo‘lgan birovga egalik va raislik qilishdan xoli emas. * * * Har bir yangi narsada lazzat bor. * * * Bugunning chorasini ko‘rib, ertaga ehtiyoji qolmagan kishi aqllidir. * * * Asalarilar ham o‘z jinsidan bo‘laturib ishlamay, uyadagi asalni bekorga yeb yotadiganlarini o‘ldirib tashlaydilar. * * * Minnat qilish berilgan ehsonni yo‘qqa chiqaradi. * * * Ikkala da’vogar rozi bo‘lishibdi-yu, qozi rozi bo‘lmabdi. * * * Har bir kun uchun haq va haqiqat hozir narsa. * * * Tenglik hukm surgan joyda sotqin, aldamchi ehtiroslar, g‘am-g‘ussa bo‘lmaydi. * * * Ulug‘ hodisalar har vaqt yuz beravermaydi. * * * Buzuq niyatli va yomon axloqli kishilar o‘rtaga kirib olishi bilan ish to‘g‘ri bo‘lmaydi. * * * O‘z istagiga erishishga taqdir yordam bermagan kishiga malomat qilinmaydi. * * * Odamlar yoqtirgan kishilari tarafini olib, yomon ko‘rgan kishilarini ta’na qilishadi. * * * Komil narsa ortiqchalikni ham, kamchilikni ham qabul etmaydi. * * * Yolg‘onchilikdan chetlanib, rostgo‘ylikka yopishgan kishini boshqa odam u yoqda tursin, yolg‘onchining o‘zi ham sevib maqtaydi. * * * Ko‘z bilan ko‘rgan eshitgandan afzalroqdir. * * * Tillarning turlicha bo‘lishiga sabab — odamlarning guruhlarga ajralib ketishi, bir-biridan uzoq turishi, ularning har birida bir-biriga ehtiyoj tug‘ilishidir. * * * Hayvonlarning tabiatlarida kushandalaridan nafratlanish, dushmandan o‘zini qo‘riqlash bor. * * * Hasad bilan g‘azab ikki qanot bo‘lib harakatga kelsa, toza va chiroyli hayotlarni xira va kuduratli qilib yuboradi. * * * Haddan ortiq g‘azab vahshiylik keltiradi va bevaqt qilingan lutf obro‘ni ketkazadi. ziyouz.uzAbu Rayhon Beruniy hikmatlari
DO`STLARGA ULASHING:
Abu Rayhon Beruniy hikmatlari