Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodiga oid savollar
Savol: Beruniy qachon va qayerda tug’ilgan?Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodiga oid savollar
DO`STLARGA ULASHING:
Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodiga oid
Javob: 973 yilda Xorazmning qadimgi poytaxti Kat shahrida tug’ilgan.
Savol: Beruniy kimdan ta’lim olgan?
Javob: Zamonasining mashhur olimi Abu Nasr Mansur ibn Iroqdan ta’lim olgan.
Savol: Beruniy o’zbek tilidan tashqari yana qaysi tillarni bilgan?
Javob: Arab, so’g’d, fors, yunon, Sanskrit kabi tillarni juda yaxshi bilgan.
Savol: Beruniy tibbiyotga oid “Saydana” asarida mingdan ortiq dorivor giyohlarni necha tilda yozgan?Javob: 30 tilda yozgan.
Savol: Beruniy 998 yilda Jurjon shahriga kelib saroyda xizmat qilgan payti o’ndan ortiq asarlar yaratgan. Tarixga oid asari nomi nima?
Javob: “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asari.
Savol: Beruniyning “Turarjoylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarini aniqlash” nomli astronomiya va geografiyaga bag’ishlangan asari ilmiy adabiyotda qanday nom bilan ataladi?
Javob: “Geodeziya” nomi bilan yuritiladi.
Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodiga oid savollar