Abu Rayhon Beruniy asarlari haqida haqida to’liq ma’lumot oling

Abu Rayhon Beruniyning ilmiy faoliyati fan taraqqiyotida butun bir davrni tashkil etadi. U ilmiy qiziqishlari doirasining kengligi va chuqurligiga, mavhum bilimdonlikdan qochib, moddiy madaniyat sohasida ham, ma’naviy madaniyat sohasida ham, insoniyatning real hayoti bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan masalalarga qiziqqan. Mashhur sharqshunos olim, akademik­Ignatiy Krachkovskiy allomaning yuksak ilmiy salohiyatini «uning qiziqqan ilm sohalaridan ko‘ra qiziqmagan sohalarini sanab o‘tish osondir»­ (I.Yu. Krachkovskiy. Izbrannie sochineniya. T.4.-S.247) deb baholagan edi.

Uning ilmiy merosi qomusiy ahamiyat kasb etadi. Abu Rayhon Beruniy o‘z ilmiy ishlarining ro‘yxatini tuzadi. Bunda 1035 yilgacha yozilgan kitoblari va risolalari 113 taga yetgani ko‘rsatilgan. Keyingi yozgan asarlarini ham qo‘shsak, u qoldirgan ilmiy meros 152 ta kitob va risoladan iborat. Olimning asarlari mavzu jihatdan turli-tuman. Ko‘pchilik asarlari esa o‘z zamonasida o‘ziga xos bir ensiklopediya hisoblangan.

Asarlarining 70 tasi falakiyot, 20 tasi riyoziyot, 12 tasi geografiya va geodeziya, 3 tasi ma’danshunoslik, 4 tasi xaritagrafiya, 3 tasi iqlimshunoslik biri fizika, biri dorishunoslik, 15 tasi tarix va etnografiya, 4 tasi falsafa, 18 tasi adabiyot va boshqa fanlarga oiddir. Abu Rayhon Beruniy turli tillardan bir qancha ilmiy va adabiy asarlarni tarjima ham qilgan.

Shu o‘rinda Beruniy bibliograf sifatida ham faoliyat yuritgan serqirra alloma ekanligini aytishimiz mumkin. U o‘z ilmiy ishlarini bibliografiyasini tuzgan va zamondoshlariga qulay bo‘lishi uchun asarlari ro‘yxatini va dastlabki ma’lumotlar taqdim etgan.

Beruniy o‘z asarlari ro‘yxatini tuzgandan keyin yana ikkita muhim kitobini yozgan. Bulardan biri «Mineralogiya»dir. Bu risola o‘z zamonasi uchun Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq, hatto Yevropada ham mineralogiya sohasida eng yaxshi, tengi yo‘q asar hisoblanadi. Beruniy bu asarni yozishda uzoq vaqt materiallar to‘playdi. Qimmatbaho toshlarni qazib olish va ular bilan savdo qilish markazi hisoblangan Hindiston va Afg‘onistonda yashash u uchun ushbu asarni yozishda muhim o‘rin tutgan. Beruniy bu asarda ham nazariy ham amaliy masalalarini yoritib o‘tadi. «Mineralogiya» asarida har bir qimmatbaho tosh yoki metallni tavsiflash jarayonida arab klassik shoirlarining o‘sha qimmatbaho tosh va metall haqida yozilgan she’rlaridan parchalar ham keltiradi. Bu ikki asarda «Mineralogiya», va «Saydana» («Farmakognoziya»)da she’rlar ko‘p keltirilgan. «Mineralogiya»da 30 dan ziyod qimmatbaho tosh va minerallarning nomi, ularning kimyoviy va fizik xossalarini aniqlash, eritib sinash, deyarli barcha qimmatbaho tosh va turli ma’danlar, ularning qotishmalari haqida ilmiy ma’lumotlar berilgan. Beruniyning bu asarida minerallar va ma’danlarning o‘z davridagi narx-navosi, ba’zilarining shifobaxshlik xususiyatlari, nodir tosh va metallar bilan bog‘liq ayrim qiziqarli etnografik ma’lumotlarni bayon etganki, bular mazkur kitobning muhim tarixiy manba sifatidagi ahamiyatini yanada oshiradi.

«Mineralogiya» asarida har bir qimmat-baho tosh yoki metallni tavsiflash jarayonida arab klassik shoirlarining o‘sha qimmat-baho tosh va metall haqida yozgan she’rlaridan parchalar ham keltiradi. Asarda she’rlari keltirilgan 84 shoirning nomi tilga olingan. Ular orasida islomdan oldin o‘tgan klassik arab shoirlaridan tortib, to Baznada Beruniy bilan bir vaqtda yashagan shoirlargacha uchraydi. She’rlar, asosan, 1, 2, 3 va 4 misradan iborat kichik parchalarda keltiriladi.

Beruniyning oxirgi asari – «Dorivor o‘simliklar haqida kitob»ining qo‘lyozmasi XX asrning 30 yillarida Turkiyada topiladi. Asar «Saydana» nomi bilan mashhur, unda Beruniy Sharq, ayniqsa, Markaziy Osiyoda o‘sadigan shifobaxsh o‘simliklar haqida ma’lumot beradi. Dorishunoslikka oid asarlarni umr bo‘yi yiqqan Beruniy o‘z esdaliklarida qo‘yidagi ikkita kitob haqida shunday deydi: «Mening qo‘limga bir vaqtda ikkita kitob tushdi birisi «O‘tlar kitobi» deb atalib, unda har bir o‘tning rasmi bor edi. Bu rasmning qarshisiga uning dorivorligi yunon harflari bilan yozilgan. Ikkinchi kitob VI asrda yashagan qadimgi yunon tabibi Oribasining «Dovalar kitobi» edi. Bu kitobda dorivorlik haqida to‘g‘ri fikrlarga ishonchim komil bo‘lganidan uni arab harfi bilan ko‘chirib chiqdim».

Beruniyning tabobatda eng qiyin bo‘lgan dorishunoslik bo‘yicha asari «Kitob as-say-dona – fi-t-tibb» («Tabobatda dorishunoslik» – «Saydana») deb nomlangan. U o‘z asarida har bir o‘simlikning o‘sish joylarini, belgilarini, shifobaxsh xususiyatlarini, biridan ikkinchisini farqini, biri o‘rniga ikkinchisini berish mumkinligini ko‘rsatadi. Beruniy «Saydana» asarida dorivor o‘simliklarni nomini alifbo tartibida joylashtiradi. Dorivor o‘simliklar nomini ko‘rinishini, qayerlarda o‘sishi, qaysi faslda gullashi va hosil berishi, o‘simlikning qaysi oilaga mansubligi va qanday kasalliklarni davolashda qo‘llanishi haqida to‘liq tavsif beradi. Beruniyshunos olim, professor Ubaydulla Karimovning aniqlashicha, Beruniy «Saydana» asarida dori moddalarining nomlarini 31 ta til va lahjada bayon etadi. Bu esa uning juda ko‘p tillarni bilishini ko‘rsatadi.

Shuningdek, u har bir dorivor o‘simlikning arab, fors, rum, turk, hind va xorazm tillarida nomlanishini aniq bayon qiladi. Bu bilan Beruniy dorivor o‘simliklarning lug‘atini ham meros qilib qoldirgan. Bundan tashqari Beruniy «Saydana»da 65 ta shoirning nomini tilga olib, she’rlaridan misralar keltirgan. Asar hammasi bo‘lib 350 satrni o‘z ichiga olgan 141 ta she’riy parcha keltirilgan.

Beruniyning qadimgi arab she’riyatiga bunchalik ko‘p murojaat qilishi tasodifiy emas, ularda islomgacha bo‘lgan davr va islomning ilk asrlaridagi arablar hayoti hamda ularni o‘rab olgan muhit haqida turli ma’lumotlar, shuningdek, turli o‘simlik va hayvonlarning nomlari saqlangan. Shuning uchun she’riy dalillar «Saydana»da har bir tavsif qilinayotgan modda nomining mohiyatini ochishda qo‘shimcha tasviriy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birga, ular u yoki bu so‘z arab tilida qadimdan mavjudligiga guvohlik ham beradi. Bu asar arab o‘lkasi haqidagi qadimiy ma’lumotlar berilgan qomusiy manba sifatida taqdim etilganini ko‘ramiz. Asar ko‘pgina ilmiy tadqiqotlarda muhim manba ekanligi bilan ham ahamiyatlidir.

Beruniyning yuqoridagi ikki asarini bibliografiya sohasi va qomusiy bebaho manba desak xato bo‘lmaydi. Beruniy barcha fan sohalarida samarali ijod qilgan qomusiy olim edi. Uning ilmiy ish sohasidagi noyob qobiliyatini ko‘pchilik zamondoshlari va boshqa olimlar tomonidan e’tirof etilgan. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Beruniyning yozib qoldirgan bir necha asarlari O‘rta Osiyoda ilk bibliografik manbalarning ajoyib namunasi deyish mumkin.

INFOLIB, №3, 2018

Malumotlar
Abu Rayhon Beruniy asarlari haqida