ABORIGEN GʻOʻZA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ABORIGEN GʻOʻZA haqida malumot bilib oling.

ABORIGEN GʻOʻZA (lot. aborigine — avvaldan) — gʻoʻzaning cheklangan hududda oʻsadigan tur, xil va formalari. Meksikaning shim.-gʻarbida oʻsadigan davidzon gʻoʻzasi, Galapagos o. ning unumsiz toshloq zonalarida oʻsadigan klossh gʻoʻzasi, faqat Braziliya togʻlarida uchraydigan mustelinum gʻoʻzasi A. gʻ. turlariga kiradi. Barcha yovvoyi Aborigen gʻoʻza turlari qimmatli genetik material boʻlib, qator foydali xoʻjalik xususiyatlariga ega (qurgʻoqchilikka, shoʻrga, past t-raga chidamli va h. k.), shuning uchun ulardan genetika-seleksiya ishlari amaliyotida keng foydalaniladi.

Ensiklopediya.uz
ABORIGEN GʻOʻZA