Abiturientlar uchun psixologik tavsiyalar 12+

Abiturientlar uchun psixologik tavsiyalar 12+
abiturientlar uchun psixologik tavsiyalar 12 65cb297683b0c

292 1

Abiturientlar uchun psixologik tavsiyalar 12+

DO`STLARGA ULASHING:

Barcha abiturientlarning maqsadi – talaba bo‘lish. Ammo hammasi ham bunday maqsadga erisha olmaydi.

Xo‘sh, qanday to‘siqlar abiturientni talaba bo‘lshiga to‘g‘onoq bo‘lmoqda?

-Dangasalik;

-Vaqtni to‘g‘ri taqsimlay olmaslik;

-Umidsizlik, tashkunlik holatlari;

-Imtihon oldi va imtihon vaqtidagi kuchli hayajonlar.

Agar mendan “Nega hamma insonlar baxtli yashashmaydi” – deb so‘rashsa, ularga dangasalik degan his bor deb javob berardim. Siz maqsad yo‘lida qat’iy xarakat qilishingiz lozim. Shu orqali dangasalikni yengish mumkin.

Aksariyat hollarda, abiturientlar taxminan to‘plashi mumkin bo‘lgan ballarini hayol qilishadi. Qayta-qayta o‘ylashadi. Bundan esa xech bir foyda yo‘q. Shunchaki bu vaqt yo‘qotishga olib keladi. O‘z vaqtingizni rejalashtirayotganingizda, hamma jihatlarni e’tiborga oling.

Sizni ba’zan umidsizlik, tushkunlik bezovta qiladimi?

Ko‘pincha abiturientlar imtihonda yiqilishdan xavotirga tushishadi. Va ularda tushkunlik va umidsizlik yuzaga keladi. O‘rganish samaradorligi pasayadi. Shunday vaziyatlarda “Yaxshi niyat – yarim davlat” degan maqolni yodda tuting! Unutmang siz shunchaki, yaxshi niyat orqali yarim g‘alabani qo‘lga kiritishingiz mumkin.

Imtihon davrida kuchli hayajonni yengish bo‘yicha tavsiyalar:

-Auditoriyaga kirgan zahotingiz tinchlanib, chuqur nafas olib, atrofga diqqat bilan qarang. U yerdagi hamma predmetlar, jihozlarni ko‘zdan kechiring. Bu orqali siz o‘zingizda moslashish jarayonini tezlashtirasiz.

-Test varaqasi sizga berilgach, uni zudlik bilan olib o‘qishga urinmang! Bir daqiqa unga nazar solmasdan, nafas olishingizni kuzating. Bu orqali siz hayajonga sabab bo‘luvchi hislar bo‘ronini pasaytirishga erishasiz. Atrofdagi insonlarga bir nazar solib, beparvolik bilan ularni kuzating! Bu sizda o‘zingizga ishonch hissini oshiradi.

psixolog Ma‘ruf Kubayev tayyorladi

pmt.uz

Abiturientlar uchun psixologik tavsiyalar 12+