ABERRATSIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ABERRATSIYA haqida malumot bilib oling.

ABERRATSIYA (lot. aberratio — ogʻish) — 1) umumiy maʼnoda — meʼyordan ogʻish, meʼyordagi qiymatlardan farqlanish;

2) optik tizimlarda — optik tizimning risoladagidek emasligi tufayli tasvirning buzilishi; tasvir aniq chiqmaydi, asliga toʻliq mos kelmaydi yoki chaplashib koʻrinadi. Aberratsiyaning geometrik, xromatik va difraksion turlari farq qilina-di; 3) astronomiyada — yorugʻlik manbai va uni qabul qiluvchi qurilma bir-biriga nisbatan harakatda boʻlgani tufayli yorugʻlik nurining yoʻnalishi oʻzgarishi. Yorugʻlik Aberratsiyasi oqibatida osmon gumbazida yoritqich (mas, yulduz)ning haqiqiy vaziyati buzilib koʻrinadi;

4) elektron linzalar Aberratsiyasi (q. Elektron-optik aberratsiyalar).

Ensiklopediya.uz
ABERRATSIYA