ABDUVAHOBOV Abduvali Abdusamatovich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ABDUVAHOBOV Abduvali Abdusamatovich haqida malumot bilib oling.

ABDUVAHOBOV Abduvali Abdusamatovich (1941.11.7, Toshkent) — Oʻzbekiston FA akad. (1995). Kimyo fanlari d-ri (1979), prof. (1981). ToshDUni bitirgan (1965). Oʻzbekiston FA Bioorganik kimyo in-tida laboratoriya mudiri (1973-y. dan), shu in-t direktori (1987 — 93), Oʻzbekiston FA Kimyo-texnologiya va Yer haqidagi fanlar boʻlimining raisi (1992 — 94), vitse-prezidenti (1994-97). Abduvahobov fiziologik faol moddalarning noziq organik sintezi, stereokimyo, qisqa molekulali bioregulyatorlar molekulyar taʼsir mexanizmining kimyoviy mohiyati ustida tadqiqotlar oʻtkazgan. Uning rahbarligida hasharotlarning kimyoviy ekologiyasi bilan bogʻliq izlanishlar olib borildi.

Ensiklopediya.uz
ABDUVAHOBOV Abduvali Abdusamatovich