Abdurahmon G‘ani Abdurahmonovich Tarjimai hol haqida malumot

Abdurahmon G‘ani Abdurahmonovich Tarjimai hol haqida malumot

Tarjimai hol

 

G‘ani Abdurahmonov Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vaziri va bir qator OTMlar rektori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Shuningdek, o‘zbek tilshunosligi yirik olimi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademiki bo‘lgan. O‘zAning xabar berishicha, olimning o‘limi haqidagi xabardan so‘ng Prezident Islom Karimov va davlatning boshqa rasmiy vakillari ta’ziya bildirishgan.

G‘ani Abdurahmonov 1925 yil Farg‘ona shahrida tavallud topgan. 1946 yil Farg‘ona davlat pedagogika institutini yakunlagach, shu ta’lim muassasasida ilmiy-pedagogik faoliyatini boshlagan. 1950 yil nomzodlik, 1962 yil esa doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1968 yil u Fanlar akademiyasi a’zosi etib tanlangan.

O‘zining 60 yildan ziyod ilmiy-pedagogik faoliyati davomida u kafedra mudiri o‘rin bosari, Farg‘ona davlat pedagogika instituti prorektori, Fanlar akademiyasining til va adabiyot sektori mudiri, Farg‘ona davlat pedagogika instituti rektori, O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vaziri, Toshkent davlat chet tillar instituti hamda Toshkent davlat pedagogika instituti rektori, Til va adabiyot institutining bosh ilmiy xodimi, Toshkent sharqshunoslik instituti professori kabi mas’uliyatli lavozimlarda faoliyat olib borgan.

G‘ani Abdurahmonov O‘zbekiston tilshunosligi sohasidagi dolzarb masalalarni o‘rganishda munosib hissa qo‘shgan. U o‘zbek adabiy tilining nazariy va amaliy masalalariga oid ko‘plab monografiyalar, broshyuralar va maqolalar muallifidir, uning rahbarligi ostida ko‘plab lug‘atlar tayyorlangan.

Arboblar
Abdurahmon G‘ani Abdurahmonovich

manba:arboblar.uz