ABDUQUNDUZOV haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ABDUQUNDUZOV haqida malumot bilib oling.

ABDUQUNDUZOV Muhammadali (1952.14.7, Oʻzbekiston tumani Yaypan qishlogʻi) — Oʻzbekiston (1997) va Qoraqalpogʻiston (2000) Respublikalari xalq artisti. Toshkent davlat sanʼat in-tini tugatgan (1974). 1974—85 y. M. Uygʻur nomidagi Surxondaryo viloyat teatrida aktyor, 1986-y. dan Hamza teatrida, 1996—98 y. lar Madaniyat ishlari vazirining oʻrinbosari. 1998-y. dan «Oʻzbekteatr» ijodiy i. ch. boshqarmasining bosh direktori. Asosiy rollari: Ferdinand («Makr va muhabbat»), Paratov («Sepsiz qiz»), Ikrom («Ufq»), Shokir («Koʻrmayin bosdim tikonni»), Samoviy kuch («Toʻmaris»), Abdulla Qodiriy, Otabek («Abdulla Qodiriyning oʻtgan kunlari»), Husayn Boyqaro («Alisher Navoiy»), Akbar («Zebunisso»), Naufal («Muhabbat sultoni»), Umarxon («Figʻon»), Choʻlpon («Kunduzsiz kechalar») va b. Shuningdek koʻpgina videofilmlarda oʻynagan: Bobur («Bobur»), Navoiy («Layli va Majnun»), Sultonali («Mehrobdan chayon»), Choʻlpon («Kecha va kunduz») va b. Ayniqsa uning ijrosidagi ogʻir, vazmin, chuqur oʻyga botgan, oʻtkir nigohli Bobur roli aktyor ijodida alohida oʻrin tutadi.

Ensiklopediya.uz
ABDUQUNDUZOV