
ABDUQODIR SHUKURIY haqida malumot bilib oling.
ABDUQODIR SHUKURIY Abdushukur oʻgʻli (Abdushukurov) (1875—1943) — maʼrifatparvar. Samarqand viloyatida birinchi boʻlib yangi usulda maktab ochgan. Abduqodir Shukuriy maktablar uchun «Jomiʼ ulhikoyat» (1907), «Zubdat ul-ashʼor» (1907) kabi oʻquv qoʻllanmalarini yaratgan. M. Behbudiy bilan birgalikda maktablar uchun dastur tuzgan. 1917-y. toʻntarishidan keyin ham xalq maktablari va oʻqituvchilar kurslarida muallimlik qilgan.
Ensiklopediya.uz
ABDUQODIR SHUKURIY