ABDULLAYEV Nusrat Hamidovich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ABDULLAYEV Nusrat Hamidovich haqida malumot bilib oling.

ABDULLAYEV Nusrat Hamidovich (1933.14.7, Toshkent) — patofiziolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1989), tibbiyot fanlari d-ri (1967). prof. (1970). 1972-y. dan 1-Toshkent tibbiyot in-ti patologik fiziologiya kafedrasi mudiri. Immunologiya i. t. instituta direktori (1984—87). Ilmiy ishlari ovqat hazm qilish aʼzolari, meʼda osti bezi, jigar va moddalar almashinuvi patologiyasiga ba-gʻishlangan. Abdullayev tibbiyot in-tining talabalari uchun darslik hamda bir qancha metodik qoʻllanmalar va lugʻatlar muallifi.

Ensiklopediya.uz
ABDULLAYEV Nusrat Hamidovich