ABDULLAXON MADRASASI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ABDULLAXON MADRASASI haqida malumot bilib oling.

ABDULLAXON MADRASASI — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1855). Ichan qalʼadagi Olloqulixon va Qutlugʻ Murod Inoq madrasalari oraligʻida joylashgan. Abdullaxon (Xiva xoni Qutlugʻ Murod Inoqning oʻgʻli) xotirasiga onasi tomonidan qurdirilgan. Chortoq tarhli (31,5×28,25 m) boʻlib, burchaklariga guldastaminora ishlangan. Bosh tarzidagi keng ravoqli peshtoq orqali 3 gumbazli miyonsaroyga, u orqali hovliga oʻtiladi. Hovli (18,9x 14,0 m) atrofi hujralar bilan oʻralgan. Hujralar tomi balxi gumbaz bilan yopilgan. Jan. tomondagi gumbazli masjid miyonsaroy bilan bogʻlangan. Darsxonalar tarhi murabba — 4,25×4,25 m. Hovliga gʻarbdan ensiz yoʻlak orqali kiriladi.

Ad.: Mankovskaya L. Yu., Bulatova V. A., Pamyatniki zodchestva Xorezma, T., 1978.

Ensiklopediya.uz
ABDULLAXON MADRASASI