ABDULLABEKOV Qahhorbek Nosirbekovich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ABDULLABEKOV Qahhorbek Nosirbekovich haqida malumot bilib oling.

ABDULLABEKOV Qahhorbek Nosirbekovich (1942, Toshkent) — geofizik olim, Oʻzbekiston FA akad. (2000), fizika-mat, fanlari d-ri (1988), prof. (1991). Toshkent politexnika in-tini tugatgan (1963). Oʻzbekiston FA Seysmologiya in-tida katta ilmiy xodim (1974-y. dan), lab. boshligʻi (1977-y. dan), 1989-y. dan direktor. Asosiy ilmiy ishlari zilzila xavfini aniqlash, geofizik usullar majmui yordamida zilzilalarni oldindan aytish muammolariga doir. Abdullabekov elektromagnit zilzila darakchilarining namoyon boʻlish qonuniyatlarini aniqlagan, zilzilalarni oldindan aytishning uch yangi usulini ixtiro qilgan va fanda ilgari nomaʼlum boʻlgan zilziladan oldin Yer qobigʻidan kuchli elektromagnit toʻlqinlari ajralib chiqishini aniqlagan, baʼzi kuchli zilzilalarning yuz berish joyi, kuchi va vaqtini (boshqa olimlar bilan hamkorlikda) oldindan aytib bergan.

As: Elektromagnitnыye yavleniya v zemnoy kore, T., 1989.

Ensiklopediya.uz
ABDULLABEKOV Qahhorbek Nosirbekovich