Abdulla Ulugʻov (1960) to’liq malumot oling

Abdulla Ulugʻov (1960) to’liq malumot oling

1960 yilda tugʻilgan. 1983 yilda Toshkent davlat universitetining oʻzbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. Adabiyotshunos. “Qissachiligimiz qirralari”, “Inson ibratga intiladi”, “Asl asarlar sehri”, “Vatan – va tan” kabi kitoblari, “Adabiyotshunoslikka kirish”, “Turkiy xalqlar adabiyoti” singari oʻquv qoʻllanmalari nashr etilgan. Ayni paytda Oʻzbekiston Milliy universiteti dotsenti.
Mundarija скрыть

Ilmiy darajasi

Filologiya fanlari nomzodi

Umumiy maʼlumot

A. Oʻ. Ulugʻov 05.12.1960 yil Surxondaryo viloyati, Angor tumani Qorasuv qishlogʻida tugʻilgan. 1978 yilda, Toshkent davlat universiteti oʻzbek filologiyasi fakulʼteti kunduzgi boʻlimiga oʻqishga kirgan. 1983 yilda tugatgan. 1988 yilda “Zamonaviy oʻzbek qissachiligining adabiy tanqidchilikdagi talqini” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi yoqlagan.

Respublika matbuotida 100dan ortiq maqolasi eʼlon qilingan. 5ta kitobi nashr etilgan. Respublika va xalqaro ilmiy konferinsiyalarda maʼruzalar qilgan.

A. Oʻ. Ulugʻov adabiyotshunoslik nazariyasi, nazariy poetika, turkiy xalqlar adabiyoti tarixi, XX asr oʻzbek adabiyoti tarixi, hozirgi adabiy jarayon muammolari tadqiqi bilan shugʻullanadi.

Olgan taʼlimi va mehnat faoliyati

1968–1978 yy. – Surxondaryo viloyati, Angor tumani Qorasuv qishlogʻi 5-oʻrta maktabda oʻqigan.

1978–1983 yy. – Toshkent davlat universiteti oʻzbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan.

1984–1986 yy. – Toshkent davlat universiteti aspiranti

1987–1989 yy. – Toshkent davlat universiteti oʻzbek filologiyasi fakulteti katta laboranti

1989–1995 yy. – Toshkent davlat universiteti “Oʻzbek adabiyoti” kafedrasi oʻqituvchisi, katta oʻqituvchisi, dotsenti

1995–1995 yy. – Toshkent davlat universiteti katta ilmiy xodim

1995–1998 yy. – Toshkent davlat universiteti doktoranti

1999–2001 yy. – Toshkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti) “Jahon adabiyoti va nazariyasi” kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchisi

2001–2013 yy. – Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti “Jahon adabiyoti va nazariyasi” kafedrasi dotsenti

2013–2014 yy. – Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti “Oʻzbek adabiyotshunosligi va jahon adabiyoti” kafedrasi dotsenti

2014 y. – 2016y. – Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining “Oʻzbek adabiyotshunosligi va adabiy aloqlar” kafedrasi dotsenti

09.2016 y. – h. v. – Alisher navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon kafedrasi dotsenti

Hozirda qaysi fandan dars berayapti?

Adabiyot nazariyasi.

Nazariy poetika.

Turkiy xalaqlar adabiyoti tarixi.

Ilgari dars oʻtgan fanlari

Adabiyot nazariyasi.

Nazariy poetika.

Turkiy xalaqlar adabiyoti tarixi

Malaka oshirganligi:

2015 yil oktyabr-dekabrda OʻzMU qoshidagi markazda malaka oshirgan.

Olib borgan ilmiy izlanishlari

Adabiyotshunoslik nazariyasi, nazariy poetika, turkiy xalqlar adabiyoti tarixi, XX asr oʻzbek adabiyoti tarixi, hozirgi adabiy jarayon muammolari tadqiqi bilan shugʻullanadi.

Hozirda qaysi ilmiy loyihalar boshligʻi?

“Ilmiy-texnik taraqqiyot va “Ommaviy madaniyat”ning barkamol avlod salomatligi va maʼnaviy tarbiyasiga taʼsirini ilmiy tadqiq etish” (“XX1 asr texnologiyalari” jurnali materiallari asosida) loyihasi boshligʻi.

 

Ilmiy va oʻquv-uslubiy ishlari roʻyxati:

“Inson ibratga intiladi”. – T., “Oʻzbekiston”, 2007.12 b. t.

“Asl asarlar sehri”. – T., Gʻ. Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2007.

“Vatan – jon va tan”. – T., Gʻ. Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2008.

“Munaqqid maʼnaviyati” U. Normatov. “Nafosat gurunglari” kitobiga soʻng soʻz. – T.: “Mumtoz soz”, 2010.

“Gʻaddor yoki maktublarni kim bitgan”. “Sharq yulduzi” jurnali, 2010 yil 3-son.

“Qissalarda qalb aksi”. “Sharq yulduzi” jurnali, 2011 yil 4-son.

“2010 yil qissalarini oʻqib…”. “Til va adabiyot taʼlimi” jurnali, 2011 yil 7-son.

“Kasbiga fidoyi ijodkor” – // A. Egamnazarovning “Oqlovdan soʻng” kitobiga soʻz boshi. – Toshkent: “Yangi asr avlodi”, 2011 yil. – 1,0 b. t.

“Oʻzi kabi…” – // Mirzapoʻlat Toshpoʻlatov. Adib portretiga chizgilar. Qarshi: “Nasaf” nashriyoti, 2010 yil. (26-30-betlar).

“Yashillik – yaxshilik ramzi”. “Mohiyat” gazetasi, 2010 yil 8 oktabr.

“Oyga gullar ekkan xayollar”. “Mohiyat” gazetasi, 2011 yil 7 oktabr.

“Muhimi koʻngil”. “Mohiyat” gazetasi, 2011 yil 21 oktabr.

“Milliy maʼnaviyat meʼmori”. “Maʼrifat” gazetasi, 2011 yil 22 oktabr.

Biografiya
Abdulla Ulugʻov (1960)