Abdulla Oripovning hayoti va ijodi Mavzuning texnologik xaritasi va konspekti
DO`STLARGA ULASHING:
Abdulla Oripovning hayoti va ijodi
Mavzuning texnologik xaritasi va konspekti
Fan: Adabiyot. Sinfi: 5-sinf Mavzu: Abdulla Oripovning hayoti va ijodi. Tayanch so`zlar: Abdulla Oripov atoqli o’zbek shoiri va jamoat arbobi, O’zbekiston xalq shoiri , O’zbekiston Qahramoni, O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matnini yozgan (1992). Hamza (1983) hamda Alisher Navoiy nomidagi (1992) O’zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari laureati.
Mavzuning qisqacha ta`rifi (DTS ga muvofiq) : Abdulla Oripov hayotiga bir nazar, Abdulla Oripov el sevgan shoir, shoir ijodida Vatan va istiqlol madhi.
O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
Rivojlantiruvchi usullar: “Tafakkur cho`qqisi” usuli, “O`yla!Izla!Top!” intelektual o`yini, integratsiya, namoyish etish, BBB usuli, “G`alvir” o`yini, daraxt konstruktori, rolli o`yin.
Shakl: savol-javob, guruhlarda ishlash, jamoa bilan ishlash
Vositalar: 5-sinf adabiyot darsligi, kompyuter, proyektor, monitor, slaydlar, internet ma’lumotlari, ko`rgazmalar, vatman, marker, tarqatma didaktik materiallar, skotch, rag`bat kartochkalari.
Nazorat: Og`zaki nazorat, savol-javob orqali
Baholash: 5 balli noan’naviy usulda.
Darsning maqsad va vazifalari
Ta`limiy: Abdulla Oripovning hayoti va ijodi haqida ma’lumot berish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarda o’z Vataniga ,
Ta`limiy savol: 1. Abdulla Oripov haqida nimalarni bilasiz?
2.U adabiyotning qaysi janrlarida ijod
onasiga bo’lgan hurmat hissini tarbiyalash
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning og’zaki nutqini va fikrlashini rivojlantirish.
etgan?
Tarbiyaviy savol: O’z Vataningiz haqida gapirganda nimalarni his qilasiz?
Rivojlantiruvchi savol: O’z Vataningiz haqida nimalarni bilasiz?
Kutilayotgan natija
Dars yakunida o`quvchi biladi (Bilim) Abdulla Oripov — atoqli o`zbek shoiri va jamoat arbobi. U hozirgi o`zbek she`riyatida inson qalbidagi murakkablik va ziddiyatlarni teran, haqqoniy o`ziga xos betakror kuylagan ulkan ijodkordir. Abdulla Oripov hozirgi o`zbek she’riyatiga yangicha badiiy tafakkur yo`sinlarini olib kirdi.
Qaysi savollar beriladi: 1. Abdulla Oripov hozirgi o`zbek she`riyatida nimalar haqida kuylagan? 2. U qanday asarlar yozgan?
Dars yakunida o`quvchi tushunadi (Ko`nikma) She`rlaridagi kuchli ehtiros, tabiiylik, fikriy teranlik, poetik mukammallik. Badiiy talqinning pishiqligi. She`riy intonatsiyaning betakrorligi, shiddatkor ohang bilan sokin, osoyishta, samimiy ruhning uyg`unligi. Shakliy-uslubiy rang-baranglik.
Qaysi savollar beriladi:
Adabiy nutqning keng qo`llanuvchi uslublari qaysilar? Shirin va muloyim so‘zlash, so‘z tanlash, o‘ylab gapirish haqida qanday maqol va hikmatli so‘zlarni, rivoyat va hikoyatlarni bilasiz? So‘zlab bering?
Dars yakunida o`quvchi bajara oladi (Malaka) Shoirning adabiy me’rosini she’rlar, she’riy to`plamlar, dostonlar, dramalar va tarjimalar tashkil etadi. Bu asarlarni bir-biridan ajrata olish.
Qaysi savollar beriladi:
Shoirning Vatan madhi va istiqlol haqidagi asarlari haqida ma’lumot bering.
Darsning texnologik xaritasi
T/r
Texnologik bosqichlar
O’qituvchi (fasilitator) faoliyati
O’quvchilar faoliyati
1
Kirish
(2 daqiqa)
Salomlashish, davomatni va sinfxonaning mashg’ulotga tayyorligini tekshirish (joylarning 3ta kichik guruhlarda ishlashga moslanganligi, stollarda marker, skotч, oq qog’oz bo’lishi), bugungi o’tiladigan mavzu bilan tanishtirish
Mashg’ulotga tayyorgarlik
2
Tayyorgarlik bosqichi
(1 daqiqa)
O`z guruhlariga nom va sardor belgilash lozimligini aytish.
O’z guruhlariga nom va sardor belgilash.
3
Mustahkamlash bosqichi
(12 daqiqa)
1. O’tilgan mavzu yuzasidan ikkita guruhga muammoli savol tashlash. Uchinchi guruh bilan blits so`rovi o`tkazish.
2. “O`yla! Izla! Top!” o`yinini o’tkazish, yaxshi javob bergan o’quvchilarni rag’bat kartochkalari bilan rag’batlantirish.
Savolni diqqat bilan tinglab, tezkor javob berish, o`yinda faol ishtirok etish.
4
Uzviylik
bosqichi
(4 daqiqa)
“Kuyini top” o`yini asosida yangi mavzu bilan uzviylikni bog`lash.
Musiqani topib, qo`shiq muallifini toppish.
5
O’zlashtirish bosqichi
(10 daqiqa)
BBB metodi yordamida mavzuni so`rash, “Ziyonet. Uz” internet tarmog`idan yangi mavzu yuzasidan ma`lumot berish.
O`quvchilar bilganlari haqida aytish, nimalarni bilmoqchi ekanliklarini aytish.
6
Umumlashtirish bosqichi
(3 daqiqa)
Yangi mavzu bo’yicha ko’rgazmalar asosida umumiy tushuncha berish.
O’qituvchining xususiyatlarini tarmoq usulida ko’rsatish.
7
Mustahkamlashbosqichi
(5 daqiqa)
O`quvchilar o`rtasida “G`alvir”, “Kvadrat test”, “Daraxt konstruktori” o`yinlarini tashkil etish.
Topshiriqni bajaradi
8
Ijodkorlik
“Mikrofon qo`limda” roIli o`yinini
O’yinda faol
bosqichi
(5 daqiqa)
tashkil etish.
ishtirok etish, aktyorlik mahoratini namoyish etish.
9
Yakunlash bosqichi
(3 daqiqa)
O`quvchilarni rag`batlantirish, uy vazifasi berish
Vazifani tushunib olish
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism
1.Salomlashish. Davomatni aniqlash.O`quvchilarning nutqiy kompetensiyasini oshirish.
2 Sinfni va o’quvchilarni darsga hozirlash.
O’quvchilar 3 : “Yosh tilchilar”,
“Adabiyotshunoslar”, “Zukkolar” guruhlariga bo’linadilar. Guruhlar o`zlariga shior tanlaydilar.
O`qituvchi o`quvchilarni monitor orqali darsning tamoyillari bilan tanishtirib o`tadi.
2.Ehtiyojlarni aniqlash. O`quvchilarga mavzu yuzasidan mantiqiy fikrlashni talab etuvchi quyidagi savollar beriladi: 1-guruhga “Nido” dostonidagi nido faqat otaning nidosimi? 2-guruhga Nima uchun shoir «Yerni tepma, Asta bos qadam» deb murojaat qilyapti. Ikkala guruh tayyorlangunga qadar 3-guruh bilan blits so`rov o`tkaziladi. Blits so`rov 1. Urush tugagan bo`lsa ham shoir nega u yillarni alam bilan eslayapti?(Cunki shoirning bolalik yillari urush davriga tog`ri keladi. Urush tufayli shoir erta ota-onasidan yetim qoladi.) 2. Urush jangda halok bo`lgan qurbonlardan tashqari yana qanday kulfatlar olib kelgan?(Urush tufayli qurbonlardan tashqari ayollar tul, bolalar yetim qolgan, shahar-u qishloqlar vayronaga aylangan) 3. Doston orqali shoir aytmoqchi bo`lgan eng asosiy muddao nima?(Tinchlik uchun, insoniyatning baxtli kelajagi uchun kurash nidosi XXI asrda ham, undan keyin ham, to Yer yuzida abadiy tinchlik o`rnatilgunga qadar har bir insonning qalbida jaranglab turmog`i kerak.) 4. «Nido» dostonidan olingan quyidagi parchada xalq og`zaki ijodining qaysi turidan foydalanilgan? Bobolarning hikmati Hayotga yorug` yo Idir, Otang bolasi bo `lma, Odam bolasi bo`l der (Maqol)
O`uvchilarning javoblari tinglanadi.
Guruhlarning javoblari o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi va faol o`quvchilar rag`batlantiriladi.
“O`yla! Izla! Top!” intelektual o`yini o`tkaziladi. Bunda o`quvchilar monitor orqali slaydda ko`rsatilgan shartlardan tanlashadi.
O`yla! Izla! Top!
Har bir guruh o`ziga sardor saylashadi. Sardorlar monitorda ko`rsatilgan shartlardan tanlashadi. Masalan:
1-guruh “Eng, eng, eng!” shartini tanlaydi. Bu shartda har bir guruhga eng so`zi bilan boshlanuvchi 3 tadan savol beriladi. Savollar monitor orqali berilishi hamda o`qituvchi qog`ozda o`qib eshittirishi mumkin.
Erkin Vohidovning eng birinchi she’ri qaysi jurnalda bosiladi?(“Mushtum”)
Eng birinchi she’riy to`plami qaysi?(“Tong nafasi”)
Eng sara tarjimalari qaysilar?(Gyotening “Faust”, Yesening she’rlari, Rasul Hamzatovning “Ona tilim” she’ri)
Eng birinchi unvoni?(“O`zbekiston xalq shoiri”)
Eng ko`p sahna yuzini ko`rgan komediyasi?(“Oltin devor” komediyasi)
Eng sara asarlari jamlanib yaratilgan jildlik saylanmalari?(“Ishq savdosi”, “She’r dunyosi”, “Umr daryosi”, “Ko`ngil dunyosi”)
Eng birinchi dostoni?(“Nido”)
Eng birinchi muharrirlik qilgan jurnali?(“Yoshlik”)
Eng oxirgi olgan unvoni?(“O`zbekiston qahramoni”)
“Bilimlar bulog`i” shartida o`quvchilar slaydda ko`rsatilgan fanlardan tanlashadi.
Bilimlar bulog`i
O`quvchilar berilgan fanlardan tanlashadi. Masalan, matematika fani tanlansa, har bir guruhga bittadan matematik misollar beriladi. O`quvchilar misollarni yechib, chiqqan sonni Erkin Vohidovning hayoti va ijodiga tegishligini topishlari kerak bo`ladi. Misollar ham slayd otqali ko`rsatiladi.
Bunda 1-matematik amal 1961, ya’ni 1961 yilda shoirning ilk she’riy to`plami
“Tong nafasi” chop etilgan. 2-matematik amalning javobi 1964, ya’ni 1964- yilda shoirning ilk dostoni “Nido” yaratilgan. 3- matematik amalning javobi 1936, ya’ni 1936- yilda Erkin Vohidov tavallud topgan.
Tarix faninidan har bir guruhga bittadan savol beriladi. Savollar monitor orqali beriladi.
Tarix
Ona tili fani yuzasidan guruhlarga “Nido” dostonidan 1-guruh sifatlarni, 2-guruh otlarni, 3-guruh undalmalarni topishlari kerak bo`ladi.
Keyingi, ya’ni ”Elektron savol” shartida guruh sardorlariga elektron savol beriladi. Bunda maktabning ingliz tili fani o`qituvchisi Elova Umida tomonidan Erkin Vohidovning “Nido” dostonida parcha ingliz tilida audio player orqali o`qib eshittiriladi. O`quvchilar she’rni tarjima qilib she’r muallifini topishlari kerak bo`ladi.
I shout in the hear tof the mountains
Comes a sound like a stone
Mother land said, “dear myson”
Sound comes from the earth
Shartlarda faol ishtirok etgan o`quvchilar noan’anaviy rag`bat kartochkalari bilan rag`batlantiriladi. To`liq javob bergan o`quvchiga “Ofarin”(5 ball), “Barakalla”(4 ball), “Harakat qil”(3 ball) beriladi.
3. Yangi mavzuga tayyorgarlik bosqichi. Yangi mavzuni boshlashdan oldin “Kuyni top” o`yini o`tkaziladi. Har bir guruhga Abdulla Oripov she’riga bastalangan kuylardan eshittiriladi. O`quvchilar qo`shiq nomini va she’r muallifini topishlari kerak bo`ladi. Masalan, “Sen bahorni sog`ingmadingmi?”, “Men nechun sevaman O`zbekistonni?” qo`shiqlarning kuylari eshittiriladi .
4. Yangi mavzuni o`zlashtirish.
Uyda har bir guruhga Abdulla Oripovning hayoti va ijodi berilgan matn uch qismga bo`lib mustaqil o`zlashtirish berilgan. Har bir guruhdan bittadan ishtirokchi o`zlariga tegishli matn qismini aytib beradilar va nimalarni bilmoqchi ekanligini aytadilar. O`qituvchi o`quvchilarning fikrini umumlashtirib, internet tarmog`idagi “Ziyonet.uz” sayti orqali o`quvchilarga Abdulla Oripov hayoti va ijodi haqida ma’lumot beradi. O’zbekiston xalq shoiri, O’zbekiston qahramoni Abdulla Oripov 1941-yil 21-mart kuni Qashqadaryo viloyati Koson tumani Neko’z qishlog’ida tug’ilgan. Otasi Orif bobo oddiy dehqon bo’lib, to’rt qiz va to’rt o’g’ilning ta’lim-tarbiyasiga katta e’tibor bergan. Abdullaning bolaligi Qo’ng’irtoq etaklarida o’tadi. 17 yoshida o’rta maktabni oltin medal bilan tugatib, 1958-1963-yillarda ToshDUning “0’zbek filologiyasi” fakulteti jurnalistika bo’limida o’qiydi. Abdulla Oripov 1967-1974-yillar mobaynida G’.G’ulom nomidagi nashriyotda muharrir, 1974-1976-yillarda “Sharq yulduzi”jurnalida bo’lim boshlig’i, 1976-1982-yillarda O’zbekiston yozuvchilar liyushmasida adabiy maslahatchi, 1982-1983-yillarda O’zbekiston yozuvchilar uyushmasining Toshkent viloyat bo’limida mas’ul kotib, 1983-1985-yillarda “Gulxan” jurnalida bosh muharrir, 1985-1988-yillarda O’zbekiston yozuvchilar uyushmasining kotibi, 1988-1996-yillarda O’zbekiston Respublikasi mualliflik huquqini himoya qilish qo’mitasi raisi, 1996-2009-yillarda esa O’zbekiston yozuvchilar uyushmasining raisi lavozimlarida ishlaydi. Abdulla hali maktabga bormay turib, so’zlarni bir-biriga uyqash qilib aytib yurishni yoqtirar, so’zning
mazmunidan ham ko’ra ohangi uni rom etardi. Buni shoir keyinchalik quyidagicha eslaydi: «…birinchi she’rlar yoza boshlaganimga nima turtki bo’lganini aniq bilmayman. Har holda so’zlarni qofiyalashga ishqiboz bo’lib qolganim esimda…». Abdulla Oripovning «Qushcha» nomli dastlabki she’ri chiqqan paytda u talaba edi. Shoirning «Mitti yulduz» deb atalgan birinchi she’riy to’plami 1965-yilda nashr etilgan. Abdulla Oripov tarjimonlik bilan ham shug’ullanib, L.Ukrainka, Pushkin, N.Nekrasov, Q.Quliyev, Shevchenko, Charens, R.Hamzatov she’rlarini ham o’zbek tiliga o’girgan. U italyan shoiri Dante Aligyerining «Ilohiy komediya» asarini («Do’zax» qismini) o’zbek tiliga mohirlik bilan o’girgan, bu asar ta’sirida «Jannatga yo’l» (1978) dramatik dostonini yaratgan . Abdulla Oripov asarlari el va yurt tomonidan munosib taqdirlangan. U Hamza nomidagi Davlat mukofotiga (1983), “Munojot” to’plami uchun Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofotiga (1994) sazovor bo’lgan. U o’zbek she’riyatiga o’ychil g’am va g’amchil o’y olib kirgan shoirdir. Abdulla Oripov Oliy Majlis noibi, Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasi raisining muovini sifatida el-yurt, adabiyot va madaniyat xizmatiga kamarbasta bo’lib kelmoqda. Mustaqil O’zbekiston madhiyasi matnining mualhfi ham Abdulla Oripovdir. Vatani oldidagi xizmatlari uchun shoir qator orden-medallar, «O’zbekiston xalq shoiri» faxriy unvoni (1983) bilan ham mukofotlandi. Abdulla Oripov O’zbekiston Qahramonidir (1998). Kitoblari va she’rlari: “Odamlar” (1963), “Sen bahorni sog’inmadingmi” (1963), “Yuzma-yuz” (1964), “0’zbekiston” (1964-1970, bu qasida 10 satrlik 14 banddan iborat. Unda buyuk ajdodimiz Beruniyning Xristofor Kolumbdan salkam 500 yil oldin Amerika qit’asini bashorat qilganligiga ishora mavjud), “”Munojot”ni tinglab…» (1964, «Kuyi shunday bo’lsa, g’amning o’ziga Qanday chiday oldi ekan odamzod?!» — misralari shu she’rda uchraydi), “Bola edim…” (1964), «Temir odam» (1964), “Men nechun sevaman O»zbekistonni” (1964), “Tilla baliqcha” (1965), “Dorboz” (1965, unda dorboz ramziy obraz bo’lib, u kiprikdagi yoshga, arqon qilich damiga o’xshatilgan), “Ko`zlarim yo’lingda” (1967), “Onajon”. (1969), “Saraton”(1969), “Yurtim shamoli”(1969), “Ruhim”(1971), “Qasida” (1972), “Men anglab yetgan falsafa”(1973), “Genetika” (1973), “Xotirot”(1974), “Yurtim shamoli” (1974), “Malomat toshlari” (1976), “Jannatga yo’l” (1978), “Hayrat”
(1979), “Hakim va ajal” (1980, doston Abu Ali ibn Sinoga bag’ishlangan), “Najot qal’asi”(1981), “Yillar armoni”(1983), “Bolalik yillarim”, “Umr duch qilarkan”, “Sendan yiroqda”, “Hali oldindadir go’zal kunlarim”, “Shovulladi tun bo’yi shamol”, “Ranjkom” (1988), “Ishonch ko’priklari”(to’plam), “Javob”, “Haj daftari” (1992, to’plam), “Xusumat”, “Birinchi muhabbatim” (bunda har bir band mustaqil, o’ziga xos qofiyalangan), “Opa sayyora», «Kuz хauollari” («Uning qo’shig’ida, uning ohida Sezaman odamzod qalbin gohida» yoki «Bir hikmat o ‘qiyman xazonlardan men: „Yashagin-i biroq yaproq bo’lma sen“ misralari shu she’rdan olingan), „Avlodlarga maktub“, „Hikmat sadolari“ (40 hadis asosida yozilgan to’plam), „Ayol“ (bu she’r Nodiraning „Firoqnoma“ asariga yaqin mavzuda yaratilgan), „Bahor“, „Qaydadir yurtini eslab ingrar nay“, „Nega muncha g’amgin nayning navosi“ kabi misralarda nay bilan bog’liq go’zal obraz yaratilgan. Unda Inson va Xayol timsoli ham qo’llangan), „0’ylarim“, „Qo’riqxona“, „Sarob“ (»Qo ‘I ko ‘tarib bo ‘larmidi axir onaga, Zotan, unga qo 7 ko ‘targan farzand sanalmas» misralari shu she’rda uchraydi), “Kuz manzaralari” (Bu she’rda A.Oripov kuz barglarini yuragidan to’kilgan olovga, kuz mezonlarini chuvalgan o’ylariga, kuz quyoshini esa olis yoshlikda qolgan muhabbatiga qiyoslagan), “Ketganlar yodi bu…” (tush tasviriga bag’ishlangan she’r), “Saylanma” (1996), “Sohibqiron”(1996), “Bedorlik”(1999), “O’zbekman”(2000), “Tanlangan asarlar”(2000-2001, 4 jild), “Shoir yuragi”(2003), “0’zbekiston bayrog’i” va boshq.
O`qituvchi mavzuni slayd orqali klaster usulidan foydalanib tushuntiradi.
Adibning adabiy me’rosi
Lirika Drama
Liro – epik
asarlar
O`qituvchi o`quvchilarga nimalarni bilib olganliklarini so`raydi. O`quvchilar fikrlarini bildiradilar.
5- bosqich: Mustahkamlash.
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar o`rtasida “G`alvir” , “Kvadrat test ”, “Daraxt konstruktori” didaktik o`yini o`tkaziladi. Birinchi guruh “G`alvir”, ikkinchi guruh “Kvadrat test ”, uchinchi guruh “Daraxt konstruktori” o`yin shartlarini bajaradilar. Har bir guruh uchtadan kichik guruhlarga ajratiladi.
Masalan, I guruh a’zolari “G`alvir” o`yinida uchta kichik guruhga ajratiladi. Bu kichik guruhlar Abdulla Oripovning asarlarini turlarga ajratadilar, ya’ni birinchi kichik guruh she’rlar, ikkinchi kichik guruh dostonlar, uchinchi kichik guruh she`riy to`plamlar, tarjimalarni ajratib, vatmanga yozadilar.
Ikkinchi guruhga didaktik tarqatma orqali kvadrat test beriladi.
Uchinchi guruh daraxt ko`rgazmasiga pastki shoxlariga she’rlarini, o`rta qatorga she’riy to`plamlarini, tepa qatorga dostonlarini joylashtiradilar , bu adabiy me’rosi o`quvchini komillikka undashini aytadilar va daraxtni “Komil inson” deb ataydilar.O`quvchilar javoblari mustahkamlanadi va o`quvchilar rag`batlantiriladi. “Mikrofon qo`limda” rolli o`yin
O`quvchilarning ijodkorligini rivojlantirish va keyingi mavzuga tayyorgarligini oshirish maqsadida “Mikrofon qo`limda” rolli o`yin o`tkaziladi. Bunda 3-4 ta o`quvchi o`z iste’dodlarini namoyish qilish imkoniga ega bo`ladilar. O`quvchilar konvertlardan bitta-bitta tanlaydilar. Konvertda berilgan she’r yoki badiiy asarlardan parchalarni rolga kirishib aytadilar, qolgan o`quvchilar baholaydilar.
1-konvert
Oyi, men keldim… Eshityapsizmi, oyi, men yana keldim…
Qarang, oyi, tag’in ko’klam kirdi. Esingizdami, har yili bahor ki-rishi bilan sizni dalaga olib chiqardim. Siz charaqlagan oftobni, tiniq osmonni, ko’m-ko’k may salami ko’rib quvonardingiz. Esingizdami, nevarangiz terib kelgan boychechaklarni ko’zingizga surtib, «omonliq-somonliq» qilardingiz…
Bugun… o’zingizning ustingizdan boychechak o’sib chiqibdi… Yo’q, yo’q, oyijon…
Yig’layotganim yo’q. Bilaman, men yig’lasam, siz bezovta bo’lasiz. Hozir… hozir o’tib ketadi. Mana, bo’ldi…(O`tkir Hoshimovning „Dunyoning ishlari“ qissasidan )
2-konvert
Cho`chib uyg`onaman, onam qoshimda.
Mehribon qo`llari otash boshimda — Nega yig`layapsan, Yolg`izim, qo`zim? Tun uzoq , uxlay qol, Ko `zlaringni yum. Orom ol, men senga Allalar aytay. Tongda peshonangdan o`pib uyg`otay.(Erkin Vohidovning “Nido” dostonidan) 3-konvert Necha kunki yo`q oromim Kelolmayman hushimga. Onajonim kechalari Kirib chiqar tushimga. Qo`llarida oq elpig`ich Oy nurida yaltirar. Onajonim imlab meni Qoshlariga chaqirar. Keltirarlar goho beshik Ko`zlarida hayajon. Yotar payting bo`ldi-ku der, Kela qol, der, bolajon.(Abdulla Oripov) 4-konvert -Tunov kuni kechasi qattiq yomg`ir yog`ib turgan edi. Bu yoqqa kelsam, ko`cha qop-qorong`i. Fanorning teshik oynasidan shamol kirib o`chirib qo`ygan ekan. Ana u ariqning bo`yiga borganimda bir nima suvni chapillatardi. Yopiray, nima ekan, deb qarasam, mendan ham qari kishi ariqdan cyotgan ekan. (Oybekning “Fanorchi ota” hikoyasidan )
Dars so`ngida baholar e’lon qilinib, faol o`quvchilarga “Eng faol o`quvchi”, “Eng bilimdon o`quvchi”, “Eng zukko o`quvchi”, “Eng zukko o`quvchi”, “Eng topqir o`quvchi” hamda “Eng faol guruh” nominatsiyalari beriladi. Uy vazifasi berish: Uy vazifasi monitor orqali beriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. 5-sinf Adabiyot darsligi “Sharq” nashriyot-manbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. Toshkent — 2011
2. Rivojlantiruvchi ta`lim texnologiyasi (Ona tili va adabiyot fanlari misolida)
O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi Respublika ta`lim markazi tavsiyanomasi.
3. Erkin Vohidovning “Nido” dostoni.
4. “Ziyonet.uz”, www.ziyo.uz , Wikipediya.uz internet saytlaridan ma`lumotlar.
Abdulla Oripovning hayoti va ijodi Mavzuning texnologik xaritasi va konspekti
Related Posts